A- A A+

Tadbirlar

Ogohlik va vatanparvarlik

on .

Kuni-kecha "Olmaliq KMK" AJ "Metallurg" madaniyat saroyining kichik zalida kombinat ishchi-xodimlari va yosh mutaxassislari ishtirokida davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir kengaytirilgan davrada bo’lib o’tdi.

Mustaqillikning qadriga yetish, istiqlol bergan imkoniyatlarga shukronalik tuyg’usini rivojlantirishda Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir" asarining ahamiyati hamda "Bugungi dunyoning

mafkuraviy manzarasi. Globallashuv jarayonlari va ma'naviy taqdidlar" mavzuida tashkillashtirilgan mazkur umumprofilaktik tadbirda so’zga chiqqan Olmaliq shahar bosh imom xatibi Azimjon Alimjonov Istiqlol tufayli yurtimizda diniy va milliy qadriyatlarimiz tiklanib, diyorimiz musulmonlarining asriy orzu umidlari ro’yobga chiqa boshlagani haqida gapirib, olamda betakror ona yurtimiz - O’zbekistondek muqaddas zamin faqat bizga atalgani, mana shu ulug’ tuyg’u har birimizning dilimizga jo bo’lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishini ta'kidlab o’tdi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi o’rinbosari, apparat rahbari A.Shodiev yurtboshimizning "Ona yurtimiz buxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir" asari ahamiyatiga keng to’xtalib, mustaqillik biz uchun o’zligimizni anglash, insoniy qadriyatlarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizni, allomalarimizni tabarruk nomlari va merosini, g’urur va iftixorimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kabi beqiyos imkoniyatlar ochib berganini gapirib o’tdi. Hozirgi insoniyat taraqqiyotining yuksak bosqichida texnik-texnologiyaning takomillashuvi va yuksak darajada rivojlanishi globallashuvning ikki ko’rinishini yuzaga keltirgani haqida so’z yuritar ekan, tadbir ishtirokchisi Mis eritish zavodi Oltin va kumushni affinajlash sexi boshlig’i o’rinbosari R.Qurbonov, tabiiyki bunday jamiyatda dunyoning mafkuraviy manzarasi ham o’zgargani va globallashuv jarayonida muammolar chuqurlashib borayotganini misollar bilan yoritib berdi.

Bunday tadbirlar yoshlarni ogohlikka chaqirib, ulardagi vatanparvarlik hissini yanada oshiradi.

R.XOLXO’JAEVA,

"Metallurg" MS Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo’yicha yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech