Tadbirlar

"Avtomobilchi" yangi mavsumni boshladi

on .

Toshkent dengizining so’lim, xush-manzara qirg’og’ida joylashgan "Avtomobilchi" dam olish zonasi kombinat mehnatkashlarining sevimli hordiq chiqarish maskaniga aylangan.

Mazkur maskanda yozgi dam olish mavsumiga hozirlik ko’rish va uni yuqori saviyada olib borishdek mas'uliyatli vazifaga kombinat Avtomobil transporti boshqarmasi doimo jiddiy yondoshib keladi.

Joriy yilgi mavsum ochilishiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirni kombinat avtotrans-portchilari tomonidan bajarilgan ishlarni o’zida namoyon etgan  hisobot sifatida baholash mumkin. Xususan, dam olish zonasidagi ma'muriy, umumiy hordiq korpuslari, yordamchi inshootlar, dam olish inventarlarini mavsumga hozirlash hamjihatlikda olib borilgan. Tadbir  ochilishida  bu vazifalarga  alohida hissa qo’shgan ishchi-xodimlar boshqarma rahbariyatining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Tadbirni ochar ekan, ATB boshlig’i S.Alimov, bu yilgi mavsum har doimgidan ham sermazmun o’tishi zarurligi va buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini ta'kidlab o’tdi.

Teatrlashtirilgan tamoshalar davomida Neptun, qaroqchilar, donishmand bobo va suv parilari bilan kechgan sarguzashtlar uyg’unligida  dengiz sari yo’l ochib berildi. "Metallurg" MM ijodiy jamoalari tomonidan tayyorlangan dastur ham barchaga manzur bo’ldi. Shu kuni dam olish mavsumi ochilishida ishtirok etgan dam oluvchilar o’rtasida turli musobaqalar, sport estafetalari o’tkazilib,  g’oliblar aniqlandi. Dam olish maskani oshxonasida bayram dasturxoni tashkillashtirildi.

"Avtomobilist" dam olish maskanidagi hordiq uchun to’lovlar miqdori joriy yil uchun quyidagicha belgilangan:

"Olmaliq KMK" AJ ishchi-xodimlari uchun - 11 400 so’m;

"Olmaliq KMK" AJ ishchi-xodimlari oila a'zolari uchun - 19 000 so’m;

Boshqa fuqarolar uchun - 38 000 ming so’m.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech