http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ustuvor ma’rifat - barqaror ma’naviy muhit omili

on .

Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi Sanobar Norinboeva "Kasb kasalliklarining oldini olish yuzasidan profilaktika muassasalari va kasaba uyushmalarining tavsiyalari" bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o’tdi.

Ona-vatanga, ota-ona, oila, mahallaga muhabbat, tarixiy xotira, milliy g’urur, komil inson tarbiyasi bilan bog’liq tuyg’u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta'sirchan usul va uslublar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish, mehnatkashlar ijtimoiy manfaatlarini ta'minlash yo’lida olib borilayotgan ishlarini me'yoriy nizom va qoidalar, milliy hamda umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi asosida tashkil etish yo’lida vazifalarni yangi, yuqori bosqichga ko’tarishni dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar taqozo etmoqda.Shu kabi masalalar kombinat Kasaba uyushma Kengashi Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi tomonidan tashkillashtirilgan o’quv-seminarining bosh mavzusi bo’ldi.

Mis eritish zavodi Oltin va kumushni affinajlash sexi boshlig’ining o’rinbosari Rahmatillo Qurbonov "Diniy aqidaparastlik, hijobga kirish bu - diniy fitnalardan ogoh bo’ling" mavzuidagi ma'ruzasida, transmilliy xavflar - terrorizm, diniy ekstremizm va narkobiznes, odam savdosiga qarshi kurash, shu jumladan, xalqaro maydondagi turli siyosiy kuchlarning milliy, strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi "erkinlik va demokratiyani olg’a surish" hamda ma'nanviy va ahloqiy tubanlik illatlariga asoslangan "ommaviy madaniyat", "inson huquqlarini himoya qilish" niqobi ostida kirib kelayotgan tahdidlarga qarshi samarali kurashishni vaziyat taqozo etayotganiga alohida to’xtaldi. Prezidentimiz Islom Karimov o’z ma'ruzalarida, qaysi oilada e'tiqod va sadoqat tuyg’ulari, ma'rifat ustuvor bo’lsa, o’sha joyda ma'naviy muhit barqaror, avlodlar barkamol bo’ladi, degan da'vatlari bugun har birimizning diqqat-markazimizda bo’lishi kerak.

Kombinat korxonalarining faol xotin-qizlari bilan o’tkazilgan tadbirda ma'naviyatning davlat, jamiyat va shaxs hayoti, faoliyatidagi ustuvor mavqei barcha sohada barqaror rivojlanish imkonini berganini inobatga olgan holda bu yo’nalishda vazifalar omilkorona va samarali olib borilishi shartligi ta'kidlanib, "Libos - inson ko’zgusi" mavzuidagi S.Norinboevaning ma'ruzasi ham keng muhokama qilindi. Qizlar yoki yigitlar qanday libos kiyishlaridan qat'iy nazar xalqimizda asrlar oshib, bugungi kunimizgacha yetib kelgan ahloq-odob qoidalaridan chetga chiqmasliklari zarurligi, har bir inson o’zligini anglashi va xotin-qizlar bu borada mehnat jamoalari, oilalarda keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishlari lozimligi uqtirib o’tildi. Komil inson bo’lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma'no-mazmunini nafaqat chuqur anglash ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, ularga amal qilib yashash - odamzodning ma'naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezondir. "Metallurg" madaniyat saroyi kutubxonasi kutubxonachisi L.Sherban tadbir qatnashchilarini yangi adabiyotlar bilan tanishtirar ekan, yuqoridagi masalalarga batafsil baho berdi. Jumladan, ma'ruzachi, inson etikasi - inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi ekanligi, uning qat'iy rusum tusini olgan talablari asrlar davomida go’zallik, intizom, aql va idrokning mushtarakligi asosida shakllangan estetik me'yorlar majmui ekanligini bildirdi.  L.Sherban kombinat badiiy adabiyotlar kutubxonasi fondida saqlanayotgan ushbu mavzuga doir adabiyotlarni sharhlab o’tdi.

Tadbir so’nggida mas'ul xodimlar seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berib o’tishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech