http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Mustaqillikning 25 yilligini munosib kutib olaylik

on .

Shu kunlarda O’zbekiston ahli xalqimizning ko’p asrlik shonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yo’lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea - O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishonlash uchun har tomonlama qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda.

Biz uchun eng ulug’ va eng aziz bo’lgan Mustaqillik bayramini markaz va joylarda chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish va yuksak saviyada, munosib tarzda nishonlash maqsadida shu yilning 2 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish  to’g’risida" qaror qabul qildi.

Unga ko’ra "Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!" degan shiorni asosiy g’oya sifatida o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari dasturlarini ishlab chiqish belgilandi.

O’zbekistonning o’z yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos bo’lgan istiqlolimiz hayotimizning ma'no-mazmunini tubdan o’zgartirib, xalqimizni haramlik kishanlaridan ozod qilgani, toptalgan qadriyatlarimiz, dinu diyonatimiz, oru nomusimizni tiklash, o’zligimizni anglash, farovon hayot va yorug’ kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurish yo’lida beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng yoritish, mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O’zbekistonning g’alla mustaqilligi, yoqilg’i-energetika, transport-kommunikasiya sohasidagi mustaqilligini ta'minlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo etish va ularni ilg’or texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasidagi ulkan ishlarning ma'no-mazmunini aniq misollar orqali ko’rsatib berish, yurtimizning ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar o’lkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylanganini chuqur tahliliy asosda talqin qilish, oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erishish yo’lida mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotimizni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobidan taraqqiyotimizning lokomotivi bo’lgan yetakchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish kabi dolzarb masalalar o’rin olgan.

Prezident Qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisi bayonnomasi asosida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Mustaqillikning 25 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni munosib kutib olish maqsadida kombinat buyrug’i ijro uchun qabul qilindi.

Buyruqqa ko’ra, kombinatning istiqlol yillarida rivojlanish bosqichlari, tarmoq rivojlanishidagi asosiy ko’rsatkichlar, olib borilayotgan ulkan bunyodkorliklar, yirik investision dasturlar, kombinatda ijtimoiy dasturlarning ijrosi kabi keng ko’lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Mamlakatimiz rangli metallurgiyasi bayroqdori bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kechagi kuni, buguni va ertasi, mustaqillik yillarida uning ikkinchi bor tug’ilishi, taraqqiyoti, texnik va texnologik yangilanayotgan ishlab chiqarishimiz, modernizasiyalash va lokalizasiyalash dasturlarining keng ko’lamdagi ijrosi, barpo etilgan va etilayotgan yirik sanoat ob'ektlari, aholi farovonligi yo’lida kombinat bunyodkorlari tomonidan qad tiklayotgan ijtimoiy ob'ektlar, muxtasar aytganda, yurt iqtisodiyoti rivoji, xalq farovonligi, mamlakatimiz taraqqiyoti yo’lida o’zining munosib ulushini qo’shib kelayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati haqida respublika televidenisi, radiosi va matbuotlarida chiqishlar tashkil etish kabi tadbirlar belgilandi.

 Bu tadbirlar  qisqa, ya'ni o’tgan 25 yil davomida Hukumatimiz va Prezidentimizning g’amxo’rligi va qo’llab-quvatlashi bilan kombinatda asrlarga tatigulik salmoqli ishlar bajarilgani, ishlab chiqarishda yuqori marralarni qo’lga kiritib kelinayotgani, mahsulotlarimizga chet elliklarning xaridor bo’layotgani va eksport geografiyasi kengayayotgani, nufuzli Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarish tizimi va mahsulotlarimizga berilayotgan sifat sertifikatlari - bularning

barchasi mustaqillik in'om etgan imkoniyat va saodat ekanligini chuqur anglagan holda, buyuk mustaqilligimiz shodiyonalariga tayyorgarlik ko’rish va uni munosib kutib olish chora-tadbirlari ijrosini ta'minlash kombinat miqyosida boshlab yuborildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech