http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Mustaqillik - taraqqiyotning asosiy mezoni

on .

Ayni damda "Olmaliq KMK" AJ ishlab chiqarish jabhalarida mustaqilligimizning 25 yilligiga taraddud ko’rish va uni munosib nishonlash maqsadida keng jabhada tayyorgarlik ishlari va turli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, bu borada kombinat kasaba uyushmalari qo’mitalari tomonidan amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, turli xil sport musobaqalari va kasbiy ko’rik-tanlovlar ishchilarning sog’lom mehnat muhitlarini ta'minlayotgani quvonarli qoldir.

Kombinat "Sanoatsuvta'minoti" sexi kasaba uyushmasi qo’mitasi sa'yi-harakatlari bilan o’tkazilgan "Mustaqillik - taraqqiyotning asosiy mezoni" kabi davra suhbatlari hamda futbol bahslari shular jumlasidandir.

Xususan, sexning 1-uchastkasi sport maydonida tashkillashtirilgan ana shunday jamoalararo futbol musobaqasida 10 ta uchastka jamoalari ishtirok etib, qizg’in kurashlar ostida o’tgan ushbu bahsda 4-, 6-, 3-uchastka futbolchilari sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. 4-uchastka sharafini himoya qilgan Husan Badalov turnirning "Eng yaxshi o’yinchi"si deb topildi va g’olib jamoalar kombinat Kasaba uyushmalari Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Mustaqillik tengdoshlari, ya'ni gazelektrpayvandchilar orasida o’tkazilgan kasb mahorati ko’rik-tanlovi ham bahs va munozaralarga boy bo’ldi. 5-uchastka ishchisi Davron Dushanov kasbiy bilim va ko’nikmalarini ko’rik-tanlovning nazariy va amaliy shartlarida yorqin namoyon etib, tanlov g’olibligini qo’lga kiritdi. Keyingi o’rinlarga 3-uchastka ishchisi Sanjar Mamasharipov va burg’ulash bo’limi ishchisi Farrux Arslanovlar munosib topildi.

Bugungi kunda "Sanoatsuvta'minoti" sexi kasaba uyushmasi 230 nafar a'zolardan iborat bo’lib, qo’mitamiz o’z ish rejasiga muvofiq ishchi-ta'minotchilar ijtimoiy himoyasi yo’lida diqqatga molik amallarini bajarib kelmoqda. Joriy yil boshidan kasaba uyushmamiz tomonidan "Vatanni qo’riqlash - muqaddas burch", "Bobur - shoh va shoir", "Xush kelibsan, bahor", "Biz terrorizm va ekstremizmga qarshimiz!" mavzularidagi bir qator madaniy-ma'rifiy tadbirlar, turli davra suhbatlari, shuningdek, "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturi doirasida tashkiliy ishlar o’tkazilib kelingani buning yorqin misolidir. Seximiz ishchi-xodimlari kombinat miqyosida o’tkazib kelinayotgan spartakiada musobaqalarida, voleybol, shaxmat, shashka hamda armrestling bahslarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgani diqqatga molikdir.

Ayni damda seximizda yurtimiz mustaqilligining 25 yillik bayramini yuqori tashkilotchilikda o’tkazish mahsadida ushbu bayram sanasiga bag’ishlangan tennis va armrestling sport bellashuvlariga, shuningdek, ishlab chiqarish ilg’or xodimlari, mehnat faxriylari va yosh mutaxassislar uchrashuvlari hamda "Ma'naviyat soatlariga" qizg’in tayyorgarliklar olib borilmoqda. O’ylaymizki, korxonamizning har bir vakili nafaqat ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, balki ishlab chiqarish rejalari oshishiga ham o’z hissasini qo’shgan holda bayramni munosib tuhfalar bilan kutib olishadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech