http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Konchi-metallurglarning farzandlari "METALLURG" oromgohida

on .

Yoz fasli boshlanishi bilan barcha bolajonlar tog’ yon bag’irlaridagi so’lim va bahavo oromgohlar qo’yniga shoshishadi. Chunki oromgohlarda o’tadigan har bir kun, maroqli hordig’u mazmunli damlar ularga bir olam zavq va shavq bag’ishlaydi. Ayniqsa, kombinat tasarrufidagi bolalar sog’lomlashtirish oromgohidagi hordiq mavsumi mehnatkashlar farzandlari yodida shirin xotiralar bilan muhrlanib qoladi.

Joriy yilda ham kombinat ishchi-xodimlari tomonidan katta tashkilotchilik va tayyorgarliklar ostida o’z mavsumini boshlagan oromgohlar bugun bolajonlar bilan gavjum. Jumladan, 22 iyun kuni rasman yoz mavsumini boshlagan "Metallurg" oromgohining ilk mavsumida 344 nafar o’g’il-qizlar mazmunli hordiq chiqarishmoqda.

Oromgohning bu yilgi mavsumida ming nafardan ziyod bolalarning maroqli dam olishlari rejalangan bo’lib, bu borada oromgoh ma'muriyati tomonidan barcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgani diqqatga molikdir. Ayni damda Mohira Madalieva mudirlik qilib kelayotgan mazkur maskanda joriy ta'mirdan chiqarilgan yotoq majmualari, oshxona, tibbiy xona va cho’milish havzalari bolajonlarga xizmat ko’rsatmoqda. Ma'naviyat va ma'rifat xonalari, kutubxonadagi turfa kitoblar bolalarni kitobning sirli olami sari yetaklaydi. Oromgohda o’tkazib kelinayotgan har bir tadbirlar bolalar dunyoqarashini boyitish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, ularning har tomonlama ma'naviy kamol topishlariga yordam beruvchi asosiy tarbiya manbai bo’lib xizmat qilmoqda. Bu borada oromgohda faoliyat ko’rsatayotgan barcha tarbiyachi va yetakchilar o’z mahoratlarini to’la namoyon etgan holda bolalar shaxsiga yaqindan yondoshishlari, ulardagi insoniylik va ijobiy xislatlarni shakllantirishga turtki bo’ladigan qiziqarli tadbirlarni tashkil etib boryotganliklari o’g’il-qizlarning oromgohdagi har bir kunini mazmunli o’tishiga zamin yaratayapti. Shu jumladan, belgilangan reja asosida oromgohda 12 kun davomida bolalar "O’zbekiston kuni", "Tug’ilgan kun", "Yosh iste'dodlar" festivallari va turli sport musobaqlarida ishtirok etib, maroqli hordiq olishlari ta'minlanayapti.

Bosh oshpaz Mavujda Ahmedova boshchiligidagi qo’ligul oshpazlar tomonidan tayyorlanayotgan mazali taomlar maskan tarbiyalanuvchilariga birdek manzur bo’layotgan bo’lsa, mas'ul tibbiyot va ichki ishlar xodimlari bolalar salomatligi va xavfsizliklarini qat'iy nazorat ostiga olishgan.

Bir so’z bilan aytish mumkinki, mag’rur Chimyon tog’larining bahavo tabiatidan bahra olib, o’ynab-kulib hordiq chiqarayotgan o’g’il-qizlarning so’lim oromgohdagi o’tayotgan har bir kunlari ularning yodlarida uzoq vaqt saqlanib qolishi muqarrar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech