A- A A+

Tadbirlar

"Mehribonlik uyida" istiqlol shodiyonasi

on .

Sir emaski "Olmaliq KMK" AJda an'anaga aylangan xayrli ishlar, saxovat amallari yildan yilga keng quloch yozib bormoqda. Mustaqilligimizning muborak 25 yillik to’yi arafasida kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmalari Kengashi tomonidan ana shunday tadbirlar Mehribonlik uylaridan boshlanib, muruvvat maskanlariga ko’chmoqda.

Jumladan, 25 iyun kuni Toshkent shahrining Yunusobod rayonida joylashgan 21-Mehribonlik uyida bo’lib o’tgan bayram tadbiri katta tashkilotchilik ostida uyushtirilib, tarbiyalanuvchilarga unitilmas onlarni hadya etdi.  Kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmalari Kengashi sa'yi-harakatlari bilan mehribonlik uyida katta qozonlarda palov damlanib, turli shirinliklar-u sarxil mevalardan iborat bayram dasturxoni yozildi. Barchani qutlash mahsadida tashrif buyurgan "Metallurg" MS ijodiy jamoalari tomonidan taqdim etilgan kuy-qo’shiqlar qalbi kemtik dillarga olam-olam zavq-shavq bag’ishladi. Shodiyonalardan shodliklari osmon bo’lgan o’g’il-qizlar homiy korxonaning bayram sovg’alaridan ham bahramand bo’lishib, o’zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirishdi.  

Bugungi kunda ushbu mehribonlik uyida 113 nafar o’g’il-qiz tarbiya topmoqda. Ularni ona mehriga zoriqtirmay, barkamol ulg’ayishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Tarbiyalanuvchilarga malakali pedagog-xodimlar yurak tafti, qalb qo’rini ayamay, hamxo’rlik qilib kelishmoqda va saxovatli homiylar o’z muruvvatlarini ko’rsatishda davom etishayotir.

Ha, bu maskanda tarbiya topayotgan o’g’il-qizlar mana shunday dorilomon kunlarning musaffo osmoni ostida unayotgan jajji nihollar, uning aziz ne'matlaridan bahra olib, kamol topayotgan istiqlol farzandlaridir. Yurtimizda bunday bolalar hech qachon mehr va e'tibordan chetda qolmaydi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech