A- A A+

Tadbirlar

Quvnoqlar va zukkolar sahnada

on .

Ma'lumki, har qaysi davlat, har qaysi xalq unib-o’sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqning orzu-intilishlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko’radi. Bugun yoshlarimizning ilm-ma'rifat va taraqqiyot cho’qqilarini egallashi hamda o’z salohiyatlarini namoyon etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Mukammal shart-sharoitlarga ega maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik lisey va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma'rifat sirlarini o’rganayotgan, axborot texnologiyalarini chuqur biladigan, ikki, uch tilda bemalol so’zlasha oladigan minglab yoshlarimiz timsolida amalga oshirilayotgan ishlar samarasiga bugun barchamiz guvoh bo’lib turibmiz. Har qanday jamiyatning istiqboli, kelajak taraqqiyotini unda kamol topayotgan yosh avlodning intellektual salohiyati bilan baholash mumkin. Xususan, mazkur yo’nalish ham OKMKning doimiy diqqat-e'tiboridadir. Kombinat korxonalarida mehnat qilib kelayotgan iqtidorli yoshlar o’tgan hafta bir yo’la ikki yo’nalishda qizg’in bahslarga kirishishdi. "Quvnoqlar va zukkolar" o’yini "Olmaliq KMK" AJ Kasaba uyushmalari Kengashining yoshlar bilan ishlash komissiyasi va kombinat "Kamolot" YoIH bilan hamkorlikda Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag’ishlanib, "Biz 25 yoshdamiz" shiori ostida o’tkazilmoqda.

Bu yilgi bahslarda jami 12 ta jamoa ishtirok etish istagini bildirishgan va qur'a natijalariga ko’ra 3 ta guruhga bo’lingan holda 1 iyul kuni "Quvnoqlar va zukkolar" klubi birinchi guruhining to’rtta jamoasi sahnada o’z  iste'dodlarini namoyon etishdi. Quvnoq va zukko yoshlarning joriy yildagi birinchi bahsini ochish va boshlab berish o’tgan yilgi g’olib jamoa - Mis boyitish fabrikasining "Yulduzlar fabrikasi" jamoasi zimmasiga yuklatildi. So’ng sahnaga kombinat bosh metallurgiya korxonasi sharafini himoya qilgan "Sharqona" jamoasi ko’tarildi. Rux zavodining "Fanny stile" jamoasi bu yilgi bahslarga jiddiy hozirlik ko’rganini ilk sahna ko’rinishlaridayoq isbotlay olishdi. Avtomobil transporti boshqarmasining yosh, kulgisevar iqtidorli yoshlari o’z jamoalariga "Bolalar" deb nom berishgan va ularning chiqishlarida samimiy yumor o’z ifodasini topganini muxlislar olqishlaridan bilish mumkin bo’ldi. Ushbu jamoalar bahsida mazkur jamoa bilan birga Rux zavodining "Fanny stile" jamoasi  biroz ustunlik bilan navbatdagi turga yo’llanma olishdi. O’tgan payshanba kuni ikkinchi guruhdan o’rin olgan "Bojalar"(MTMZ), "O’zbegim qizlari"(MTL), "Quvnoq konchilar"(Qalmoqqir KB) va "Xizmat doirasidan tashqarida"(2-MBF) jamoalari o’z  iqtidorlarini kulgisevar muxlislarga taqdim qilishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech