A- A A+

Tadbirlar

Bilimdonlar esa "Zakovat" maydonida

on .

Kombinatning bilimdon yoshlari kuni-kecha mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab tashkillashtirilgan "Zakovat-2016" intellektual o’yini bahslariga kirishishdi.

Bahsning "A" guruhidan o’rin olgan 10 ta jamoa birinchi tur musobaqasida o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazishdi. Birinchi kichik turda o’ynalgan 11 ta savollar ichida Mehnat muhofazasiga doir, mantiqiy yechimga undovchi dublet, Shanxay hamkorlik tashkiloti tarixiga doir savollar yoshlarni mushohadaga undadi. Ayniqsa, shahrimizda chop etilayotgan ko’p nusxali ijtimoiy-siyosiy gazetalar tarixini o’zida mujassam etgan savol ham bilimdonlar tafakkurlarini  toblashga xizmat qildi. Ikkinchi saralash turidan o’rin olgan Botir Zokirovga fazogir Yuriy Gagarinning sovg’asi, "Zakovat" so’zining ma'nosiga ta'rif, OTMKning birinchi nomi, Deyl Karnegi ta'rifi bo’yicha tabassumning bahosi kabi savollar mantiqli bo’lib, yosh bilimdonlarni bilim doiralari yanada kengayishiga omil bo’ldi. "A" guruhi jamoalarining birinchi tur uchrashuvlarida MBF va shahar Standartlashtirish boshqarmasi jamoalarining yosh bilimdonlari yaxshi taassurot qoldirishdi. Mazkur guruhdan o’rin olgan jamoalar yana bir karra "Zakovat" maydonida bellashishadi. Har ikki turda eng ko’p ball to’plagan 2 ta jamoa final bahsida "B" guruhining omadli ikkita jamoasi bilan g’oliblik uchun kurash olib boradi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech