http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Chempioncha g’alaba, jangovar durang, 44 ta murosasiz uchrashuvlar

on .

Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab  kombinat korxona va sexlari hamda shahar tashkilot va muassasalari rahbar xodimlari o’rtasida mini-futbol bo’yicha Mustaqillik kubogi turniriga dushanba kuni start berildi.

An'anaviy kombinat mundialida qatnashish uchun  bu yil 26 ta jamoa saf tortgan bo’lsa, shu jamoalarning 22 tasi kombinat korxonalarining mini-futbol jamoalaridir. Olmaliq shahar hokimligi, shahar  o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari tarbiyachilarining "Ziyoli", shahar IIB "Posbon", "Ammofos-Maksam"  AJ ning "Ammofos" jamoalari bitta guruhdan joy olishgan holda  g’alaba umidida maydonga tushishadi.

Sakkizta guruhga bo’lingan jamoalar  o’z guruhlarida o’tkazilgan o’zaro uchrashuvlar doirasida 11-13 iyul kunlari jami 30 ta o’yinda maydonga tushishdi.  Guruhlardagi  dastlabki ikki o’rinni qo’lga kiritgan 16 ta jamoa kecha nim chorak final doirasida 8 ta uchrashuvni o’tkazishdi. Dushanba kuni  o’tkaziladigan  4 ta chorak final o’yinlaridan keyin yarim finalda ishtirok etadigan jamoalar nomi aniq bo’ladi.  Futbol muxlislarini 20 iyul kuni yarim final uchrashuvlariga va nihoyat 22 iyul kuni o’tkaziladigan final bahsini tamosha qilishga taklif qilib qolamiz.  Kombinat mundiali doirasida o’tkaziladigan jami 44 ta uchrashuvlarning barchasi so’ngi  soniyalargacha qizg’in kurashlar ostida o’tishini  guruhlardagi ilk uchrashuvlar  ko’rsatib berdi. Kombinat markaziy apparati, Kasaba uyushma Kengashi va "Olmaliq"  PFK rahbar xodimlarining "Istiqlol" va amaldagi chempion Mis eritish zavodining "Metallurg" jamoasi o’rtasida kechgan uchrashuv barchaning diqqat markazida bo’ldi. Kuchli tarkibga ega bo’lgan "Istiqlol"dan shu kuni omad ochiqchasiga yuz o’girdi. "Metallurg" ning esa, aksincha, qarshi hujumlari zarur vaziyatda gollar kiritilishi bilan yakunlandi. Garchi uchrashuvda "Metallurg" 3:0 hisobida g’alaba qozongan bo’lsada, har ikki jamoa tomonidan yaratilgan golli vaziyatlar  muxlislarga  bir olam zavq bag’ishladi. Har yili  chempionlik  medallari uchun favvorit sifatida qaraladigan Markaziy ta'mir mexanika zavodining "Molot" jamoasi Shahtaqurilish boshqarmasining "Shaxtyor" jamoasiga qarshi kechgan ilk uchrashuvda g’oliblik yo’lida zahmat chekishi  muharrarligiga  yana bir bor ishonch hosil qildi. Kutilmaganda angrenlik konchilar uchrashuvning birinchi bo’limida 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganidagina ta'mirchilar javob to’pini kiritib,  muqarar mag’lubiyatdan qutilib qolishdi. "Ta'minotchi"ning "Avtomobilist" ustidan g’alabasi, "Bunyodkor"ning  7:1 hisobidagi "Ishonch" ustidan zafar qozonishi, "Oltin-olma"ning  5:1 hisobidagi ilk yutug’i, Angren kon boshqarmasining  kombinat bunyodkorlari ustidan qiyinchilik bilan qo’lga kiritgan  g’alabasi barcha jamoalarda bu yil  oldingi yillarga qaraganda o’sish yuqori ekanligidan dalolat bermoqda.

Seshanba kuni o’tkazilgan uchrashuvlarning natijalari bilan tanishing.

"Zafar" - "Avtomobilist"  2 : 7

"Lokomotiv" - "Parvoz" 3 : 1

"Energetik" - "Istiqlol"   2 : 6

"Obogatitel" -  "Okean"  3 : 1

"Do’stlik" - "Quruvchi "  2 : 4

"Xumo" - "Ishonch"   9 : 1

"Gornyak"-"Molot"   2 : 2

"Hokimiyat" - "Dovchenko faxriylari"   3 : 5

"Hosil" - "Shaxtyor"  3 : 1

Nim chorak va chorak final uchrashuvlarining natijalari bilan gazetamizning navbatdagi sonida tanishishingiz mumkin.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech