Tadbirlar

Bir hovuch tuproq

on .

O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligining chorak asrini katta shodiyonalar, to’yu tomoshalar, o’tgan yillar davomida qo’lga kiritilgan yutuqlar sarhisobi bilan kutib olmoqda. Ayniqsa, mashhur ijodkorlarning xalq bilan uchrashuvlari respublikamizning barcha shaharu qishloqlarida, mahalla-yu guzarlarida, korxona va o’quv yurtlarida davom etmoqda.

Xususan, kuni-kecha "Metallurg" MSda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoira, adiba Tursunoy Sodiqova va O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston xalq artisti Erkin Komilov bilan konchi-metallurglarning uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida Tursunoy Sodiqova va Erkin Komilovlar Vatan tushunchasining ulug’ligi, uning o’zi muqaddas ekanligi, O’zbekistondek jannatiy bir o’lkada yashashdek baxtga musharraf bo’lgan baxtiyor xalq ekanligimiz, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, elimizdagi farovonlik, farzandlarimiz erishayotgan yutuqlar haqida to’lqinlanib gapirdi.

Tursunoy Sodiqova, sobiq ittifoq davrida O’zbekistondan xorijga ko’chib ketgan va o’sha yurtlarda badavlat insonlar safidan joy olgan bir tadbirkorning ishxonasi eshigi ustida xaltacha ilingani, tadbirkor xonasiga har kirib chiqqanida bu xaltacha uning boshiga tegishi va bu haltachada O’zbekistondan, vatandan olib kelingan bir hovuch tuproq bor bo’lgani haqida hikoya qilib, bu hodisaning mazmun-mohiyatiga to’xtalar ekan, Vatanning, vatan tuprog’ining naqadar muqaddas ekanligi, uni ko’zlarga surtib, boshga toj etish darkorligiga to’xtalib,  adiba yiqilganlarga qarata, bunday purma'no hikoyalarni o’g’il-qizlaringizga aytib bering, toki Vatan, degan tushuncha, tuyg’u ularning yurak-yuraklaridan joy olsin, deya ta'kidladi.

El sevgan taniqli ijodkorlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuv sermazmun va qiziqarli bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech