A- A A+

Tadbirlar

"Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo’lmaymiz!"

on .

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan  globallashuv davrida millat o’zligini yo’qotmaslik, an'ana va qadriyatlar sofligini ta'minlash masalalari bilvosita va bevosita yoshlar tarbiyasi bilan bog’liq ekanligi ayni haqiqatdir.

Yoshlarni yot g’oyalar, mafkuralardan himoya qilish, jaholatdan saqlash istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan bosh maqsad - inson manfaatlarini har jihatdan ta'minlash, jismoniy va ma'naviy jihatdan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash bo’lib qolmoqda. Kombinat Idoraviy harbiylashgan Qo’riqlash xizmati kasaba uyushma qo’mitasi, uning yoshlar bilan ishlash komissiyasi ish rejalarida yuqoridagi masalalarga alohida o’rin berilgan.

Kuni-kecha xizmat ishchi-xodimlari bilan "Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm  - yoshlar kelajagiga tahdid" mavzuida  davra suhbati o’tkazildi. Tadbirni ochar ekan, IHQX kasaba uyushma qo’mitasining yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi Inomjon Matmusaev, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifalari va qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga alohida  to’xtaldi. Shahar "Ramazoni sharif" jome' masjidi imom xatibi Azimjon Alimjonov  so’zga chiqib, diniy niqob ostida yoshlarimiz ongini zaharlashga urinayotgan kuchlarning  jirkanch maqsadlarini aniq dalillar bilan  sharhlab, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish barchamizning fuqarolik burchimiz ekanligini aytib o’tdi. "Kamolot" YoIH shahar Kengashi raisi Ergash Abduraimov mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama yetuk shaxs bo’lib shakllanishida barcha shart-sharoitlar yaratilgani, bunga javoban yoshlarimiz ilmiy anjumanlar, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida, sport arenalarida yurtimiz  shon-shavkatini munosib himoya qilayotganini  fakt va raqamlar asosida keltirib o’tdi. Tadbirda "Qiyomatga  qolgan yo’l" hujjatli filmi namoyish etildi va film-dan so’ng yoshlar o’z fikr-mulohazalarini bildirib, "Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo’lmaymiz!" degan oliyjanob da'vat har bir yoshning onggu shuuriga singib borayotganini ta'kidlashdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech