Tadbirlar

Yagonamsan, muqaddas vatan!

on .

Prezidentimizning 2016 yil 2 iyundagi "O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilayotgan tadbirlarda Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida olamshumul ishlar amalga oshirilgani, buning samarasida yildan-yilga yurtimiz obod, turmushimiz farovon bo’lib borayotgani e'tirof etilmoqda.

"Metallurg" madaniyat saroyining kichik majlislar zalida Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda ham ana shu jihatlarga alohida urg’u berildi.

Kombinat mehnat faxriysi, 39-maktabgacha ta'lim muassasasi xodimi Umida Mavlyanova o’z nutqida kombinat miqyosida mehnat kishisiga berilayotgan e'tibor, keksalarga ko’rsatilayotgan ehtirom haqida gapirib o’tdi. Uning jamoadoshi, mazkur muassasa uslubchisi Ozoda Kamolova ona-diyorimiz go’zalligi, ona-Vatanga muhabbat tuyg’ulari bilan yo’g’rilgan qo’shiqlarni doimo jo’shib kuylab keladi. Ushbu tadbirda ham Ozoda Kamolova ijrosidagi qo’shiqlar qizg’in qarshi olindi. 22-sonli "Buratino" nomli maktabgacha ta'lim muassasasi safi joriy yilda iqtidorli, izlanuvchan yoshlar hisobiga kengaydi.  2016 yil "Sog’lom ona va bola" yiliga bag’ishlab mazkur maktabgacha ta'lim maskani yoshlari tomonidan tayyorlab kelingan sahna ko’rinishlari ham tadbir ishtirokchilarining yuqori bahosini qozondi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarining o’quv rejalariga asosan, mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab dars soatlari va tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech