A- A A+

Tadbirlar

Oilalar salomatligi yo'lida

on .

Mustahkam va sog'lom oilani barpo etishga yo'naltirilgan ma'naviy, ma'rifiy va madaniy tadbirlarning soni va sifatini oshirish, "Sog'lom ona -  sog'lom bola" dasturi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog'lom avlodni shakllantirishni o'z faoliyatining asosiy vazifalaridan biri qilib belgilab olgan kombinat Kasaba uyushmalari Kengashi tomonidan  shu kunlarda amalga oshirilayotgan ishlar o'zining qizg'in pallasiga kirgan.

Kuni-kecha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sanatoriy-profilaktoriysida salomatliklarini tiklayotgan onalar va ularning farzandlari ishtirokida sog'lomlashtirish va  sport tadbiri bo'lib o'tdi. Davolash muassasasining tibbiyot xodimlari, shifokor va mutaxassislari kombinat korxonalaridan yo'llanma olib, davolanayotganlarga, bolalarning jismoniy,  fiziologik va ruhiy rivojlanishiga doir zarur konsultativ maslahatlarni berishdi. Tadbir davomida mehnatkashlar farzandlari uchun sport ko'pkurash musobaqasi tashkillashtirildi.  Unda bolalar arg'amchida sakrash, halqani aylantirish, chaqqonlik va merganlik bahslarida o'zaro bellashishdi. Ota-onalarning qarsaklari, qo'llab-quvvatlashlari ostida o'tgan epchillik bahslarining g'oliblari kombinat Kasaba uyushmalari Kengashining sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

- Hech bir kishilik jamiyati insonlar, ularning hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatisiz ravnaq topmaydi, - deydi kombinat mehnat faxriysi Natalya Bogorod.

U nabirasi Artyom bilan birgalikda  birinchi marotaba sihatgohda dam olmoqda. Taassurotlar esa bir olam.  Sharifa Usmanova  uzoq yillar MBF 1-Maydalash sexida konveyer mashinisti sifatida mehnat qildi. Hozir esa keksalik nafaqasida.  Uning  besh yoshli nevarasi  Doniyorga  kombinat davolash maskani juda ham  yoqdi.  Dilrabo Ashirova ATB maishiy xizmat xonasi xodimasi sifatida mehnat qiladi.  U o'zining 10 yoshli qizi  Sevinch bilan birgalikda  sanatoriy-profilaktoriyda  olgan muolajalaridan mamnun.

Kombinat Kasaba uyushmalari Kengashi, mehnatkashlar manfaatlarini har jihatdan ta'minlash, ularning hayot darajasi, farovon turmushini yuksaltirish, jismoniy va ma'naviy jihatdan sog'lom va barkamol avlodni  tarbiyalashni ustuvor vazifa deb biladi. Ijtimoiy, iqtisodiy yo'naltirilgan harakatlarimizni ana shu ustuvor yo'nalishga muvofiq, bosqichma-bosqich tarzda samarali amalga oshirish yo'lida kompleks tadbirlar olib borilmoqda. Bu tadbirlar Mustaqilligimizning 25 yilligiga mo''jazgina tuhfadir.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech