A- A A+

Tadbirlar

Metallurglar istiqlolimizni sharaflashdi

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab chiqarish zanjirining muhim bo'g'ini hisoblangan Mis eritish zavodida joriy yilning 19 iyul kuni mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Mustaqilligimizning 25 yilligini munosib kutib olishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturiga asosan, Mis eritish zavodida o'tkazilgan seminarda korxona ravnaqi yo'lida chorak asrdan ziyod xizmat qilib kelayotgan malakali mutaxassislar hamda mustaqillik tengdoshlari bo'lgan yosh xodimlar ishtirok etishdi. Tadbir jonajon diyorimizning betakror manzaralari aks etgan  hujjatli film namoyishi bilan boshlandi. 

"Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!" shiori ostida o'tkazilgan davra suhbatida zavod rahbariyati, ishlab chiqarish ilg'orlari va mehnat faxriylari bo'lgan  MEZ dispetcheri Firdaus Arseneva, 2-darajali "Konchilik shuhrati" ko'krak nishoni sohiblari - Havo taqsimlash sexi ustasi Svetlana Astaxova hamda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni va "Shuhrat" medali sohibi Nuriddin Saparovlar korxona kelajagi bo'lgan yosh mutaxassislarga zavodning shonli tarixi, buguni va ertangi istiqbollari haqida so'zlab berishdi va o'zlarining qimmatli maslahatlari bilan o'rtoqlashishdi.  Emallangan mis simlari ishlab chiqarish sexi  1-toifali muhandisi Oybek Abduqayumovning mamlakatimiz istiqlol yo'li va MEZning mustaqillik yillaridagi yutuqlari haqidagi ma'ruzasi ham seminar ishtirokchilarining yuqori bahosini qozondi.  Korxona yosh mutaxassislari nomidan so'zga chiqqan Kuporos sexi apparatchisi Umida Alimova, kelgusida yosh metallurglar korxona shon-shuhratini yanada oshirishga, mamlakatimiz istiqlolini yanada mustahkamlashga ahillikda harakat qilishlarini bildirdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech