A- A A+

Tadbirlar

Ishchilar salomatligi yo'lida

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan so'nggi yillarda yangi konlarni ochish, mavjud konlar, boyitish fabrikalari va metallurgiya korxonalarini texnik va texnologik qayta qurollantirish, ularning quvvatlarini oshirish, mahsulot tannarxini keskin kamaytirish, ijtimoiy tarmoqlarni, xususan, iste'mol mollari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, mehnatkashlar farovon turmush-tarzini ta'minlash, sog'lomlashtirish, faxriylar va ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, nuroniy insonlarni e'zozlash, yosh mutaxassis kadrlar zahirasini mustahkamlab borish, shahar obodligi va go'zalligini ta'minlash kabi ishlar keng qamrovda olib borilmoqda.

Korxona ma'muriyati va Kasaba uyushma kengashi hamkorligi namunali yo'lga qo'yilganini mehnatkashlar, kombinat  faxriylari ijtimoiy muhofazasi yo'lida tahsinga loyiq ishlarning amalga oshirilayotganida hamda ijtimoiy obektlarda yaratilgan shart-sharoitlar va qo'lga kiritilayotgan natijalarda ko'rish mumkin.

Xususan, 1970 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan, 250 nafar dam oluvchiga mo'ljallangan sanatoriy-profilaktoriyda yurak qon-tomir, asab tizimlari, genikologiya, tayanch-harakatlanish apparatlari va oshqozon-ichak kasalliklarini davolash samarali yo'lga qo'yilgan. Sanatoriy-profilaktoriy zamonaviy davolash diagnostika bazasi bilan ta'minlangan. Diagnostika va davolash maqsadlarida EKG va UZD qo'llaniladi. Suzish havzasi, sauna va trenajyor zallari, kutubxona va  ko'rkam oshxona dam oluvchilar ixtiyoriga berilgan.

Biz, bir guruh davolanuvchilar, iyul oyi uchun mo'ljallangan davolanish mavsumida mazkur sihatgohda bo'lib, yuqorida keltirilgan fikrlar qanchalik asosli ekanligiga to'liq ishonch hosil qildik. Qisqa muddat ichida o'z salomatligimizdagi ijobiy o'zgarishlarga nafaqat tahlillar asosida, balki o'z jismoniy va ruhiy holatimizdan kelib chiqib ham guvoh bo'ldik. Davolash muassasasining tajribali tibbiyot xodimlari Ulyana Kim, Malohat Hasanova, Nafisa Jiyanova, Nilufar Oqilova, Dilfuza Sulaymanova, Aliya Smoilova, Anastasiya Osmanovalarning davolash muolajalarini yuqori darajada o'tkazib borishlari bizni behad mamnun etdi. Jismoniy tarbiya muolajalari zali esa biz dam oluvchilarning eng ko'p tashrif buyuradigan manzilimiz bo'ldi. Mazkur zal xodimasi Mavjuda Farmanova tomonidan buyurilayotgan mashqlar har tomonlama foydali bo'ldi. Davolash muassasasining barcha tibbiy va ishchi-xodimlari mehnatkashlarning mazmunli hordiq chiqarishlari va to'laqonli ravishda salomatliklarini tiklashlari uchun o'z hissalarini qo'shishdi, deb ayta olamiz. Imkoniyatdan foydalanib, ushbu sog'lomlashtirish muassasasida sifatli tibbiy xizmatni tashkil etib borayotgan kombinat rahbariyati va Kasaba uyushma kengashiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech