A- A A+

Tadbirlar

Shavkatim, sha'nu g'ururimsan, Vatan!

on .

Joriy yilning 20 iyul kuni Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlab madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni ochar ekan, boshqarma boshlig'ining ishlab chiqarish bo'yicha o'rinbosari Sergey Yun boshqarma tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarga batafsil to'xtalib, aynan yurtimiz istiqloli boshqarma jamoasi uchun yangi imkoniyatlarni ochib berganini ta'kidladi. 

Mehnat faxriysi Isomiddin Karimov davlatimiz rahbari rahnamoligida qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan islohotlar bugun o'z natijasini berayotganini jamoasi faoliyati misolida keltirib o'tdi.

Istiqlol tengdoshi bo'lgan boshqarma ekspeditori Jamol Abdurahimov kombinatda yoshlarga berilayotgan e'tibor, g'amxo'rlik barcha yosh mutaxassislarni g'ayrat bilan mehnat qilishga ilhomlantirishini o'z ma'ruzasida to'lqinlanib aytdi.

Tikuvchi Nilufar Dalimova tomonidan ifodali o'qib berilgan "Vatanim" she'ri, Tikuvchilik sexining bir guruh yoshlari tomonidan tayyorlangan  oila ma'naviyatini  ifodalovchi "Jaydari kelin" sahna ko'rinishi ham olqishlar bilan kutib olindi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech