Tadbirlar

Bunyodkorlar ulug' ayyom oldidan

on .

Mamlakatimizda o'tgan 25 yil ichida amalga oshirilgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari iqtisodiy va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.

Bu fikrlar "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti boshqarmasida o'tkazilgan bayramoldi tadbirida alohida ta'kidlab o'tildi. Eng ulug', eng aziz bayramimiz arafasida tashkillashtirilgan tadbirni ochar ekan, trest bosh muhandisi Sergey Bobkov, aynan istiqlol
kombinat bosh bunyodkor tashkiloti ishlab chiqarish hayotida yangi bosqichni boshlab bergani, o'tgan chorak asr mobaynida cheklangan imkoniyatli qurilish pudratchi tashkilotidan ixtisoslashtirilgan, keng tarmoqli qurilish trestigacha bo'lgan sharafli yo'lni bosib o'tgani, mamlakatimiz rahbarining qaror va farmonlari asosidagi loyihalarning bosh pudratchisi sifatida jamoa yuksak marralarni zabt etib kelayotganini mamnuniyat bilan bildirdi. Mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar, kasb tanlash, ta'lim olish va o'quv muassasalarini bitirgach, albatta ish o'rinlariga ega bo'lishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlarni yaratish borasida OKMKda olib borilayotgan ishlarni trest yoshlari nomidan so'zga chiqqan hisob bo'limi hisobchisi Mohiruxsor Tursunboeva iftixor bilan bildirdi. Mehnat faxriysi Elvira Kosheva insonlarning manfaati va hayotiy ehtiyojlari bilan bog'liq ijtimoiy vazifalarni hal qilishda barqaror ijtimoiy taraqqiyot va ishonchli ijtimoiy kafolatlar yaratilishidan mehnat faxriylari, nuroniy keksalar va ijtimoiy ko'makka muhtoj aholi vakillari nihoyatda manfaatdorligini va bu amalda o'z isbotini topayotganini o'z nutqida keltirib o'tdi. Trest boshqaruvchisining kapital qurilish ishlari bo'yicha o'rinbosari Jusinali Miraliev, kombinat kon va korxonalarini texnik va texnologik qurollantirish, yangi ijtimoiy soha ob'ektlarini tiklash yo'lida "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalarga alohida to'xtaldi. Tadbir yakunida bir guruh ishlab chiqarish ilg'orlari va faol yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech