Tadbirlar

Qadriyatlar-istiqlolimiz poydevori

on .

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar eng avvalo fuqarolarning O'zbekiston Konstitusiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklarini ta'minlash, milliy qadriyatlarga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan.

Kuni-kecha "Metallurg" MSda kombinat Kasaba uyushma kengashining "Metallurg" SK, madaniyat saroyi, sanatoriy-profilaktoriysi va Issiqlik elektr markazi, "Neftmahsulotlarita'minoti"boshqarmasining faollari va kasaba tashkilotlari yetakchilari hamda yoshlari ishtirokida o'tkazilgan tadbirda yuqoridagi fikrlar baralla yangradi. O'zbek xalqining ajralmas huquqi - o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi ro'yobga chiqarildi. 1991 yilning 31 avgustida O'zbekiston
Respublikasining mustaqilligi e'lon qilindi. Muqaddas orzu ushaldi. O'zbekiston parlament yo'li bilan o'zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. Bu - xalqimizning ko'p asrlik tarixida buyuk voqeadir. Respublika mustaqilligining 25 yilligi davomida asrlar mobaynida amalga oshirilmagan ko'plab yutuqlarga erishildi. O'zbekiston xalqi jonajon o'lkadagi beqiyos boylikning abadul-abad haqiqiy egasi bo'lib qoldi. Respublika o'z oltinini, boshqa nodir va qimmatbaho metallarni mustaqil qazib chiqarib, qayta
ishlamoqda. Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning mehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma'naviy kuch-qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo'lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqning asosi bo'lib xizmat qilayapti.

Xalqimizning bebaho boyligi bo'lgan qadriyatlarimiz, shuningdek, istiqlol yillarida texnik va texnologik yangilanib borayotgan ishlab chiqarishimiz, mehnatkashlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar haqida Issiqlik elektr markazi elektr chilangari Qurolboy Qo'shnaev, kombinat sanatoriy-profilaktoriysi bosh shifokori Rustam Nazirqulov, "Metallurg" MS ma'naviyat va ma'rifat ishlari yo'riqchisi Ra'no Xolxo'jaeva, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, "Metallurg" SK raisi Vladimir Bashkirov, Kasaba uyushmasi kengashi tashkiliy-ommaviy ishlar bo'limi boshlig'i Umida Jalilova, "Metallurg" MS kutubxona mudiri Lidiya Suxodolova, madaniyat saroyi yo'riqchisi Yulduz Shonazarova Abduqodir Abdurazzoqovlar istiqlol yillarida qo'lga kiritilgan yutuqlar va oldinda turgan vazifalar xususida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. Tadbir davomida "Metallurg" MS ijodiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga zavq bag'ishladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech