A- A A+

Tadbirlar

To'yga to'yona bilan

on .

Xalqimizda "To'yga to'yona bilan" degan naql bejizga aytilmaydi. Ushbu hikmatli naql bugungi kunda ezgu an'anaga aylanib ulgurdi.

Zero, eng ulug' va eng aziz bayramimiz arafasida ko'plab yangi va zamonaviy inshootlar qurilib, foydalanishga topshirilayotgani so'zimiz tasdig'idir. Ana shunday istiqlol inshootlaridan biri Namanganning Pop tumani Chodak Qishloqida ham qad rostladi. Qayta ta'mirdan chiqarilib, butkul yangi qiyofa kasb etgan holda foydalanishga topshirilgan "Oltinkon" madaniyat saroyii chodakliklar uchun o'ziga xos bayram tuhfasi bo'ldi. Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri ham aynan yangi madaniyat markazida o'tkazildi. Chodak kon boshqarmasi ishchi-xizmatchilari hamda mahalla aholisi jamuljam bo'lgan bayram kechasida mehnat faxriylari, mahalla faollari va yosh mutaxassislar so'zga chiqib, mamlakatimizdagi barqaror osoyishtalik, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilayotgan e'tibor, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlarni e'tirof etishdi. Tadbir davomida Chodak KBning bir guruh mehnat faxriylariga, ilg'or ishchi-xodimlarga va g'ayrat-shijoati bilan jamoada namuna bo'lib kelayotgan yosh mutaxassislarga OKMK Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. Chodak KB mehnatkashlari farzandlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat hadya etdi.

Ayni kunlarda mustaqilligimizning 25 yilligini ana shunday bayramona kayfiyatda kutib olayotgan yurtdoshlarimiz chehralarida shukronalik, bugungi hayotdan mamnunlik, ertangi kunga ishonch zohir bo'lib, qalblarida faxr tuyg'ulari va yangi marralar sari g'ayrat-shijoati barq urmokda. "Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!"  degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan bu kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar kombinatning barcha korxona va bo'linmalarida ko'tarinki rux bilan o'tmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech