A- A A+

Tadbirlar

Yuksak iftixor bilan anglamoq lozim

on .

Mustaqilligimizning 25 yilligi shu kunlarda yurtimizning barcha go'shalarida ko'tarinki ruh va qizg'in tarzda nishonlanmoqda.

Ayniqsa, xalqimizning istiqlol yillarida bosib o'tilgan tarixiy yo'li, erishilgan ulkan yutuqlari va marralari, ularning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama chuqur anglash, ya'ni hayot haqiqatini bilish hamda uni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida juda ko'plab tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar keng ko'lamda o'tkazib kelinmoqda.

Ana shunday ma'rifiy tadbirlardan biri kuni-kecha "Olmaliq KMK" AJ Qalmoqqir kon boshqarmasida kasaba uyushmasi qo'mitasi a'zolari, ishchi-xodimlar, mehnat faxriylari, jamoa faollari hamda yosh mutaxassislar ishtirokida tashkil etildi. Madhiyamiz sadolari ostida boshlangan tadbirda so'zga chiqqan boshqarma mehnat faxriysi Abduqodir Murodov kecha qatnashchilarini istiqlolimizning 25 yilligi bilan tabriklab, mustaqillik davrida mamlakatimizda, shu jumladan, kombinatda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlarga batafsil to'xtalib o'tdi. Istiqlol yillarida bosib o'tilgan tarixiy yo'limiz va erishgan ulkan yutuqlarimiz jonajon O'zbekistonimiz mustaqillik davrining boy va sermazmun tarixini tashkil etganini faxr bilan aytib o'tdi. O'zbekiston qahramoni, boshqarma ekskavator mashinisti Sayidali Rahmonov tarixan qisqa davr davlatimiz uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda, ayniqsa, davlat va jamiyat qurilishi borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish davri bo'lgani va bugungi kunda har birimiz yuksak g'urur va iftixor bilan anglashimiz lozimligini ta'kidlab, O'zbekiston o'zining boy resurslari bilan chet el savdo-sanoati doiralarini o'ziga jalb etib kelayotgani va buning natijasida yetakchi davlatlar bilan hamkorlik rishtalarini bog'lagan holda zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirib borilishi, mamlakatimizda, xususan "Olmaliq KMK" AJda  modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi barqaror taraqqiyotni uzoq yillarga ta'minlashi va mustaqil rivojlanishning dastlabki davrida barqaror taraqqiyot poydevorining barpo etilishiga asos bo'lib xizmat qilganligini misollarda keltirib o'tdi.

"Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!" shiori ostida bo'lib o'tgan ushbu ma'rifiy tadbir so'nggida boshqarma kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi Ozod Abduraimov eng ulug', eng aziz bayram bilan kecha mehmonlarini yana bir bor muborakbod etib, istiqlol barchaga yanada faraxbaxsh kunlarni hadya etishini tiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech