A- A A+

Tadbirlar

Istiqlolimiz badiiy kinolar talqinida

on .

Kuni-kecha "Metallurg" madaniyat saroyining katta zalida Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan kombinat Kasaba uyushmalari kengashi tomonidan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, aktyor va kinorejissyor Hilol Nasimov hamda bir guruh mashhur yosh aktyorlar ishtirokida uchrashuv tashkillashtirildi.

Kombinat ishchi-xodimlari qatnashgan mazkur tadbirda "Aldangan ayol", "Tubanlik", "Odnoklassniki", "Gumrohlar" va "Ajal yog'dusi" kabi filmlari bilan tomoshabinlar ko'nglidan joy olib ulgurgan mahoratli aktyor va kinorejissyor Hilol Nasimov kino sohasida olib borilayotgan faoliyati haqida gapirar ekan, rejissyor o'z xalqini sevmasa, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiq bo'lmasa tomoshabin qalbiga yetib boradigan filmlar yaratishi nihoyatda qiyin ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, kinorejissyor bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so'z yuritib, ba'zi yosh yigit-qizlarimizning xorij davlatlarida o'qish, ishlash bahonasida turli oqimlar to'riga ilinib qolayotganligi achinarli hol ekanligi va buni kinochilar o'z filmlarida aks ettirib, o'sib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik, yurt sha'nini himoya qilish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash kabi tuyg'ularni shakllantirishni maqsad qilganligini e'tirof etdi. Yaqin kunlarda ekran yuzini ko'rgan "Muqaddas burch" nomli yangi filmning bosh g'oyasi ham yoshlarni mustaqillikning qadriga yetish, istiqlol ortidan erishilayotgan yutuqlar haqida ekanligi ta'kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar kino sohasidagi yangiliklardan boxabar bo'lib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Yosh aktyorlar Jamila G'ofurova va Fotih Nasimovlar ham yig'ilganlarni mamlakatimizning eng ulug' va eng aziz bayrami bilan muborakbod etishdi va tadbir mehmonlariga Kasaba uyushmalari kengashining sovg'alari tuhfa qilindi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech