A- A A+

Tadbirlar

Eng ulug', eng aziz ayyomga mehnat zafarlari bilan

on .

Kombinatning eng asosiy avtotransport korxonasi bo'lgan Avtomobil transporti boshqarmasi uchun istiqlolimizning 25 yilligi nishonlanayotgan yil har qachongidan ham sermahsul keldi. Kombinat avtotransportchilari barcha ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini bajarish bilan bir qatorda sport, madaniyat yo'nalishlarida ham  quvonchli natijalarni qayd etgan holda bayramni kutib olishmoqda.

Stol tennisi musobaqalarida ATB sharafini himoya qilgan  Igor Kim, Sanobar Hamzaeva va Ramzjon Abdug'anievlardan iborat jamoa kombinat spartakiadasida faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Mini-futbol bahslarida ham avtotransportchilar shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olishdi. Kombinat "Quvnoqlar va zukkolar" bahsini mutlaq g'olibligi ham ATB yoshlaridan tuzilgan "Bolalar" guruhi tomonidan egallandi. Kuni-kecha ATBda bo'lib o'tgan bayram tadbiri davomida yuqori mehnat ko'rsatkichlariga erishib kelayotgan bir guruh ishchi-xodimlar "Olmaliq KMK" AJning faxriy yorliqlari va bayram sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Kombiatning ikkinchi metallurgiya korxonasi - Rux zavodi barqaror rivojlanish yo'lidan borayotgan jamoalardan hisoblanadi. Ayni kunlarda ushbu korxona ham istiqlolimizning 25 yillik to'yini yuksak natijalar bilan tantana qilmoqda. Jumladan, mehnat ahli yil boshidan beri 30 ming tonnadan ziyod rux metalli, salkam 40 ming tonnaga yaqin sulfat kislotasi, 126 tonna miqdorida kadmiy ishlab chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Eng ulug', eng aziz ayyom sharafiga yozilgan bayram dasturxoni atrofida korxona jamoasi yanada yuqori natijalarga erishish yo'lida hamjihat va ahilliklarini namoyon etishib, navbatdagi ish rejalarini belgilab olishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech