A- A A+

Tadbirlar

Viloyat ahlining istiklol bayrami

on .

27 avgust kuni Toshkent viloyati ahli mustakilligimizning 25 yillik yubiley tantanalarini Olmalik shahrida hamjihatlik, bag'rikenglik, totuvlik va birodarlik ruhiyati ila kutib oldi.

"OKMK" sport majmuasining 12 ming o'rinlik zamonaviy o'yingohi o'rindiklaridan viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan mehnat ilg'orlari, faol yoshlar, fidoyb hamyurtlarimiz joy egallashdi.

Viloyat hokimi v.b. I.Ergashxo'jaevning  tabrigidan so'ng, ming asrlik tariximizni bayon etuvchi sokin kuy-ko'shiklar ila boshlangan tantanalar jajji o'g'il-kizlarning sho'x-shodon ashula va rakslariga, xalkimizning sevimli xonandalari Ozodbek Nazarbekov, G'iyos Boytoev, Ulug'bek Rahmatullaev, Toshpo'lat Matkarimov va boshkalarning dilbar kuy-ko'shiklariga, teatrlashtirilgan tomoshalarga ulandi. Rangin pufaklar moviy samo uzra yoyilib, o'yingoh osmonida o'zgacha fayzlandi. Millionlab chiroklar yog'dusi ichra hilpirayotgan millat bayrog'i bosh uzra baland ko'tarilgan va gullarga burkangan "25" rakami tegrasida viloyat ahlining istiklol bayrami yanada faraxbaxsh tus oldi. Bu kabi shodiyonalar viloyatimizning barcha tuman va shaharlari, chekka kishlog'u guzarlarida ham ko'tarinki kayfiyatda, betakror musikiy tomoshalar ila davom etmokda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech