A- A A+

Tadbirlar

Kombinat mexnatkashlariga esdalik nishonlari topshirildi

on .

Xalkimiz shu kunlarda eng ulug', eng aziz bayram - mustakilligimizning yigirma besh yilligini katta tantanalar bilan nishonlamokda.

Mamlakatimiz bo'ylab "Go'zal va betakrorimsan mukaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!" degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan shior dillardan-dillarga ko'chayotgani shu yurt fukarosi bo'lgan har bir kishiga o'zgacha g'urur va iftixor bag'ishlamokda.

Tarix zarvaraklarini oltin sahifalar bilan boyitib borayotgan Istiklolning o'tayotgan har yili, har oy, har kuni uni yanada teranrok anglashga undaydi. So'nggi yigirma besh yil davomida erishgan, jahon tan olgan yutuk va marralarimizni sarhisob etadigan bo'lsak, ushbu islohotlar kim uchun va nima uchun kilingani yanada yakkolrok namoyon bo'ladi. Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Istiklol bizga erkin, baxtli va farovon hayot kechirish, iste'dod va kobiliyatimizni to'la namoyon etish, hukuk va erkinliklarimizni ro'yobga chikarish imkonini berdi. Ne baxtki, asriy orzuimiz bo'lgan bu imkoniyatlar, ezgu niyatlarimiz ro'yobiga bugun butun dunyo guvoh bo'lib turibdi. Ana shu eng ulug' orzularimiz ro'yobi mujassam bo'lgan mustakillik deya atalmish buyuk ne'matni asrab-avaylash har birimizning mukaddas burchimizdir.

Ta'kidlash joizki, mustakillik yillarida ko'lami va mohiyatiga ko'ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Ularning samaralari bugun har kadamda ko'zga tashlanib turibdi. Xususan, "Olmalik KMK" AJda amalga oshirilgan keng ko'lamli o'zgarishlar, yangilanishlar yurt sanoati rivoji va iktisodiyotimiz tarakkiyotida aks etmokda.

     

29 avgust kuni "Olmalik KMK" AJ "Metallurg" MS katta zalida "O'zbekiston mustakilligiga 25 yil" esdalik nishoni bilan takdirlashga bag'ishlangan tadbirda yukoridagi fikrlar yana bir bor e'tirof etildi. Tadbir avvalida so'zga chikkan kombinat bosh direktori Aleksandr Farmanov barchani kutlug' ayyom bilan muborakbod etib, Prezidentimiz tomonidan ta'sis etilgan mamlakatimiz mustakilligini mustahkamlash, uning iktisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma'naviy salohiyatini va mudofaa kudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta'minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do'stlik va totuvlikni, tinchlik va barkarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va san'atimizni rivojlantirish, sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiklol g'oyalariga sadokat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa ko'shgan kombinat ishchi xodimlarining 120 nafariga "O'zbekiston mustakilligiga 25 yil" esdalik nishonlarini topshirdi. Tadbir so'nggida "Metallurg" MS ijodiy jamoalarining konsert dasturi namoyish etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech