A- A A+

Tadbirlar

Go'zal va betakror yurtning ulug' ayyomi

on .

Mustakil o'zbek davlati - xalkimizning tarixiy yutug'idir. O'z davlati bilan faxrlanish va fukarolarning vatanparvarligi jahondagi ko'pgina mamlakatlarning ilg'or marralarga chikib olishida ko'mak bo'lgan. Mamlakatimiz tuprog'ida yashab turgan va o'zini vatanparvar deb hisoblagan har bir inson uning yaxlitligi va birligini, iktisodiy kudrati, ma'naviy-ma'rifiy kamoloti yo'lida o'tgan 25 yil davomida o'zining munosib ulushini ko'shdi. Shu jumladan, "Olmalik KMK" AJ mehnat ahlining davlatimiz istikbolli ertasidagi hissasi alohida ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi davlat mustakilligining 25 yilligiga bag'ishlab shahrimizda o'tkazilgan xalk sayli hakida batafsil ma'lumotlarni asosli fikrlarga tayanib sharhlar ekanmiz, "Olmalik KMK" AJ rahbariyati hamda Kasaba uyushmalari kengashi tashabbusi va tashkilotchiligida o'tkazilgan eng ulug', eng aziz bayramimiz avvalida dastlab, iktisodiy soha hakida to'xtalib o'tishimiz zarur bo'ladi. Iktisodiy sohada - milliy boyliklar zahirasini oshirib borish, davlatimiz mustakilligini, aholining munosib turmush va ish sharoitlarini ta'minlaydigan kudratli, barkaror va jo'shkin rivojlanib boruvchi iktisodiyotni barpo etish iktisodiy mustakilligimizning birinchi sharti sifatida belgilangan edi. Xalk saylidan o'rin olgan kombinat mehnat jamoalari ko'rgazmasidagi kombinat transport korxonalari tomonidan namoyish etilgan tarixiy eksponatlar, zamonaviy tog'-konchilik texnikalari o'tgan chorak asr davomida biz kanchalik kudratli salohiyatga ega bo'lib turganimizni bugun amalda namoyon etdi.

Aynan siyosiy mustakilligimiz yer usti va ostidagi kimmatbaho boyliklarimiz bilan dunyo bozoriga chikishini ta'minlovchi sohalarni tubdan o'zgartirish va rivojlantirish imkonini berdi. Bugungi kunda ham xalkni yakdil kila oladigan ishlar va g'oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug'i, eng olijanobi "Biz kim edi-gu, kim bo'ldik, kanday ezgu maksadlarni o'z oldimizga ko'yganmiz" shioridir. Ana shu maksad, ana shu g'oya atrofida birlashgan kombinat korxonalari tomonidan tayyorlangan stendlar yukorida ko'yilgan savollarga berilgan muxtasar javobdir.

Chukur siyosiy-iktisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar bizning hayotimizga aynan istiklol yillarida shiddat bilan kirib keldi. Sodir bo'layotgan tub o'zgarishlar yurtdoshlarimizning hayotga munosabati, islohotlar natijasiga bo'lgan ishonchini oshirib bordi. Angren kuvur zavodi mahsulotlari, OKMK tomonidan amalga oshirilayotgan investision loyihalarning mo''jaz nusxalari, korxonalar ishlab chikarish va texnologik jarayonlarini o'zida mujassam etgan ko'rgazmalar bizning ko'lga kiritgan yutuklarimiz va ko'zlagan olijanob maksadlarimizning yorkin ifodasidir.

Xalkimizning yana bir fazilati shuki, bizda ilm va ma'rifatga intilish, ustozlarga ehtirom, mehnatsevarlik tuyg'ulari benihoya yuksak. Ta'lim sohasida olib borilgan islohotlar mamlakatimizning barcha sohalarini har tomonlama bilimli, keng tafakkur egasi bo'lgan iktidorli mutaxassislar bilan ta'minlanishiga xizmat kildi. Shahrimiz o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik lisey va umumta'lim maktablari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ko'rgazmadagi san'at namunalarini yurtimizda iste'dod va iktidor sohiblariga yaratilayotgan sharoitlarning mevasi sifatida baholash mumkin.

Mamlakatimizda istikomat kilayotgan turli halklar, elatlarning ozodlik, mustakillik va baxt-saodatga azaliy intilishi, o'z takdirini o'zi belgilashga bo'lgan azmu karori mana shunday inkilobiy o'zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuch bo'ldi. Mamlakatimiz istiklolining 25 yili davomida asrlar mobaynida amalga oshirilmagan vazifalar uddalandi. "Yoshlar bog'ida"gi viloyatlar ko'rgazmasi esa xalkimizning ahilligi va hamjihatligini yana bir bor namoyon etuvchi tadbir bo'ldi. Kombinat korxonalari tomonidan yuksak tadorikda tashkillashtirilgan Andijon viloyati "O'zbegim mashinalari"ni, Namangan hunarmandchiligi va bebaho san'atini, Jizzax iktisodiy istikbollarini ko'rsatib berdi. Mis eritish zavodining "Samarkand"i esa shonli tariximiz hakida rivoyatlar so'yladi. Kombinat mis boyituvchilarining "Xorazm" o'tovi, Kovuldi konchilarining korakalpokcha ming asrlik o'lanlari, Angren konchilari supasidagi farg'onacha payrovlar, askiyalar, shuningdek, boshka madaniy ko'rgazmalar xalkimizning bebaho merosi kanchadan-kancha avlodlarning ma'naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgani, hamon o'z tarbiyaviy ahamiyatini yo'kotmay kelayotganini ko'rsatdi.

Oila - jamiyatning negizi. Ta'bir joiz bo'lsa, bizning davlatimizni ham katta bir oilaga mengzash mumkin. Bunda o'zaro hurmat va kattik tartib bo'lmasa, oilaning barcha a'zolari o'z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-okibat ko'rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon konunlari asosiga kuriladi, o'zining ko'p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va kadriyatlari shakllanadi. Xalk sayli davomidagi "Eng yaxshi mahalla", "Dadam, oyim va men - sportchilar oilasimiz", "Men har narsaga kodir iste'dod egasiman", "Yosh ijrochilar" tanlovi, sport musobakalari, xalk o'yinlari yurtimizda har tomonlama sog'lom va barkamol avlod kamol topayotganiga guvohlik berdi. Kombinat korxonalarining sayildagi ishtiroki o'zining munosib bahosini kozondi. Eng yaxshi ko'rgazma stendlari yo'nalishida MTMZ va IMIChB jamoalari faxrli uchinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. Kombinat avtotransportchilari va 2-MBFning jonli eksponatlari ikkinchi o'ringa munosib ko'rildi. Kombinatning bosh boyitish korxonasi MBF va Sanoat temiryo'l transporti boshkarmasi mazkur yo'nalish g'olibi sifatida e'tirof etildi. Mis eritish zavodi metallurglari tomonidan tomoshabinlarga takdim etilgan stend metallurglarga Gran-pri sohibi bo'lishni nasib etdi.

Viloyatlar ko'rgazmasida kombinat metallurglari "Samarkand viloyati" bilan sovrinli uchinchi

o'rinni ko'lga kiritishdi. Ijtimoiy ob'ektlar boshkarmasining "Andijon viloyati" ko'rgazmasi uchun ikkinchi o'rin berildi. Kombinat markaziy apparati va Kovuldi konchilari mazkur yo'nalishda  g'olib deb topildi.  MTMZ ta'mirchilari viloyatlar tanlovida gran-pri mukofotini ko'lga kiritishdi.  O'ziga xos ijod namunalari bilan ishtirok etgan kombinat korxonalarining bir guruh ishchi-xodimlari  rag'batlantiruvchi mukofotlar bilan takdirlanishdi.

O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustakil, demokratik, hukukiy, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tikodlaridan kat'iy nazar, fukarolarning hukuklari va erkinliklari ta'minlab berilgan davlatdir. Buyuk ertasi uchun mustahkam poydevorni 25 yil ichida sobitkadamlikda o'rnata olgan, jahon hamjamiyatida mavkeyi kun sayin oshib borayotgan davlatdir. Shahrimizda o'tkazilgan xalk sayili fikrimizga isbot bo'la oladi.

Maksadlari ulug' bu yurtga shodiyonalar, bayramlar yarashadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech