A- A A+

Tadbirlar

Iktidorli mutaxassislarimiz "Yoshlar forumi"da

on .

Kuni-kecha O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan bir kator hamkor tashkilotlar ishtirokida "Yosh mutaxassislar" IV Respublika Forumi o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni mutasaddilari, kator vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakat iktisodiyotining turli tarmoklarida mehnat kilib, o'z innovasion g'oya va ishlanmalarini ilgari surib kelayotgan eng faol va tashabbus-kor yosh mutaxassislar ishtirok etdi. 180 nafar yosh mutaxassislar katnashgan tanlovning Respublika-tarmok boskichi o'ziga xos kizg'in bellashuvlar ostida o'tib, unda "Olmalik KMK" AJ vakillari sifatida Mis eritish zavodi havo taksimlash sexi apparatchisi Mirzamurod Jo'raev, MTMZ xodimi Rustamjon Parpiev, Kovuldi koni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'limi muhandisi Sarvar Abdujalilovlar ishtirok etishdi. 

Bu yilgi Forum avvalgi yillardagidan o'z ko'lami bilan keskin fark kildi. Forum doirasida 3-boskichda "Yilning eng faol yosh mutaxassisi" tanlovi o'tkazilib, uning kuyi boskichlarida 14 ta eng muhim yo'nalish bo'yicha 6 ming nafarga yakin yosh mutaxassis katnashdi. Tanlovning birinchi kunida ishtirokchilar o'z loyihalarini hakamlar hay'atiga takdim etishdi. Kombinat sharafini himoya kilgan iktidorli yosh mutaxassis Rustamjon Parpiev tomonidan ishlab chikilgan "Motor-o'zak podshipnigini tayyorlash" loyihasi soha mutaxassislari tomonidan keng muhokama kilindi. Kombinatning eng iste'dodli, umidli yoshlaridan biri bo'lgan Sarvar Abdujalilov tomonidan takdim etilgan "Tozalash kon lahmi shifti va poyini kazib olishning afzalliklari va kamchiliklari" loyihasi tog'-konchilik sohasi mutaxassislarining e'tirofiga sazovor bo'ldi.

"Mis eritish zavodi havo taksimlash sexi K15 №3 havo taksimlash blogi uchun yangi xom-ashyoni ko'llash" borasidagi Mirzamurod Jo'raevning loyihasi o'ziga xos tomonlari bilan ko'pchilikning e'tiborida bo'ldi. Kariyib 26 yildan beri foydalanishda bo'lgan KA-15 №3 havo taksimlash blogida toshli ko'yilmali regenerator - rekuperatorlarda ko'llanilayotgan bazalt xom-ashyosi o'rniga ok kvarsitni ko'llash taklifi ayniksa, kizg'in bahslarga sabab bo'ldi. Kombinatning bu yosh mutaxassisi ok kvarsitni ko'llash 1 056 105 300 ming so'mlik iktisodiy samara keltirishini texnologik jadvallar, hisob-kitoblar va nazorat organlarining xulosalariga tayangan holda asoslab bera oldi.  Bundan tashkari, bu taklif valyuta mablag'larini tejash, ishlab chikarilayotgan mahsulot tannarxini kamaytirish va ushbu mahsulotning sifat ko'rsatkichlari oshishiga xizmat kiladi. Mamlakatimiz iktisodiy va sanoat tarmoklarining iktidorli yoshlari ishtirok etgan forum o'zaro tajriba almashish va ilg'or yangi texnologiyalarni joriy etishda uzviy alokalarni yo'lga ko'yish imkonini ham yaratdi. Forumning ikkinchi kunida yoshlar o'zlari mehnat kilayotgan korxonalar hayotidan hikoya kiluvchi ko'rgazmalarini takdim etishdi. Forum g'olib va sovrindorlari O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federasiyasi, "Kamolot" YoIH, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, Oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi vazirligi hamda O'zbekiston fermerlar kengashining diplomlari, esdalik sovg'alari va tegishli sertifikatlari bilan takdirlanishdi. Ana shu mukofotlanganlar orasida kombinat sharafini himoya kilgan yoshlarimiz ham bor. Ularning loyihalari esa tezda ishlab chikarishga joriy etilib, mamlakatimiz iktisodiy kudrati oshishiga xizmat kilishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech