A- A A+

Tadbirlar

Dasturlar asosida tarbiya mezonlariga

on .

Ta'lim sohasi mutaxassislarining ta'kidlashicha, inson tarbiyaning asosiy kismini dastlabki 5 yoshida oladi, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonining 90 foizi aynan shu davrga to'g'ri keladi. Bu esa shaxs rivojlanishining asosiy negizini maktabgacha yoshdagi bolalik tashkil etishini anglatadi.

Kombinat tasarrufidagi Maktabgacha ta'lim muassasalarining mutaxassislari bu xakikatni yaxshi anglagan holda o'z faoliyatini amalda bo'lgan konun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga ko'yiladigan davlat talablari hamda "Bolajon" tayanch dasturi negizida olib borishadi.

O'tgan hafta "Metallurg" MSning kichik majlislar zalida "Sifatli ta'lim-tarbiya bosh vazifamizdir" shiori ostida OKMK Ijtimoiy ob'ektlar boshkarmasi tomonidan o'tkazilgan avgust anjumanida 2015-2016 o'kuv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisob kilinib, boshkarma maktabgacha tarbiya bo'limi boshlig'I Mukaddas Ergasheva hisobotni o'kib eshittirdi. Muhokamadan so'ng boshkarma tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatidagi "Bizning sevimli bog'chamiz" hamda 21-sonli bog'chaning "Ochik eshiklar kuni" mavzularida ota-onalar bilan ishlashning yangi shakllarini joriy etish loyihalar takdimotlari bo'lib o'tdi.

Shuningdek, tadbirda respublika "Sog'lom avlod uchun" xayriya jamg'armasi shahar bo'limi raisi Marhamat Yo'ldoshxo'jaeva ishtirok etib, ""Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturi amalda" mavzusida ma'ruza kildi. Yig'ilish so'nggida ta'lim maskanlarida o'z mehnat faoliyatini yakinda boshlagan yosh mutaxassislar Mustakillik tengdoshlari sifatida so'zga chikib, istiklol bergan imkoniyatlar va yutuklar xakida to'xtaldilar. Anjuman o'z ishini kirib kelayotgan yangi 2016-2017 o'kuv yilida bajarilishi zarur bo'lgan vazifalarni belgilash bilan yakunladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech