A- A A+

Tadbirlar

Agarki ogohsen - sen shohsen

on .

...Diniy ekstremizm islom olamida keng tarqalgan, diniy ekstremistlar qayerda faoliyat ko’rsatmasin, asosiy maqsadi diniy davlatni barpo etish bo’lib, bu maqsadga ular o’zaro nizo, qurolli to’qnashuvlar orqali, qon to’kish va zo’ravonlik bilan erishishni ko’zlaydilar.

- Xabaringiz bor, bu yil bosh qomusimiz qabul qilinganligining 26 yilligini nishonlayapmiz, - deydi IHQX Yoshlar ittifoqi raisi Inomjon Matmusaev. - Konstitutsiya qomusiy hujjat sifatida davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. U davlat tuzilishi, uning boshqaruv shakli, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlari, shaxsning huquqi, erkinligi va burchlarini belgilab beradi. Asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatlarining davlat manfaatidan ustunligi belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari oliy qadriyat sifatida muhrlab qo’yilganini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu fikrlar 30 noyabr kuni “Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo’riqlash xizmati Yoshlar ittifoqi hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda bildirildi. Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga xizmat ko’rsatuvchi IHQX 9-komanda shaxsiy tarkibi uchun o’tkazilgan seminarda “Konstitutsiyaning hayotimizdagi o’rni”, “Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm - kelajakka tahdid”, “Suitsid” mavzularida fikr-mulohazalar bildirildi.

- Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm bugun butun dunyoga xavf solib turibdi, - deydi Chirchiq shahar bosh imom-xatibi Alijon Abrayev. - Ular birinchi navbatda yoshlar qalbini egallashga harakat qilishadi. Yot oqimlarning vakillari siz bilan suhbatlashganda eng avvalo sizni o’ziga qaratib olishga harakat qiladi. Turli qiyinchiliklar haqida gapiradi. Siz ro’baro’ kelayotgan qiyinchiliklarni go’yoki bartaraf etadigandek tutadi o’zini. Diniy ilmdan bexabar sharoitdagi jihod, hijrat haqida gapirib, o’zining buzg’unchi g’oyalariga ergashtirishga harakat qiladi. Afsuski, hozirgi kunda ba’zi yurtdoshlarimiz ularning ta’sir doirasiga tushib qolgan.

Yana bir xunuk holat. Yurtdoshlarimiz o’rtasida o’z joniga qasd qilish holatlari ham uchrab turibdi. Qachon inson o’z joniga qasd qiladi? Qachonki u o’zligini yo’qotganida, aziz va mukarram inson ekanligini unutganida. Muammolardan qutulishning oxirgi chorasi o’z joniga qasd qilish emas. Hamkasbingiz o’zini boshqacha tuta boshladimi. Darhol u bilan suhbatlashing. O’z joniga qasd qilish bu vasvasa.

Shu kuni IHQX kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Yelena Kosolapova hamda rahbariyat bilan 9-komanda shaxsiy tarkib xodimlarining ochiq muloqoti ham o’tkazildi. Unda mehnat munosabatlari, imtiyozlar va boshqa masalalar bo’yicha savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech