A- A A+

Tadbirlar

Birinchi galdagi dolzarb masala

on .

“Olmaliq KMK” AJ ijro apparatida yong’in xavfsizligiga bag’ishlangan “Yong’in xavfsizligini ta’minlash birinchi galdagi dolzarb masala” mavzuida ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.

Unda ijro apparati ishchi-xodimlari, OKMK hamda Olmaliq shahar YoXB vakillari ishtirok etib, seminarni kombinat Fuqaro muhofazasi boshlig’ining yong’in xavfsizligi bo’yicha o’rinbosari Rahmatillo Qurbonov olib bordi. Seminarda so’zga chiqqan Olmaliq shahar YoXB boshlig’i o’rinbosari I.Davronov ishtirokchilarni 2017-2018 yil hisobot davrida Respublikamizda ro’y bergan yong’in holatlari bilan tanishtirib, korxonalarda, shu bilan birga ular tashqarisida yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda nazoratni kuchaytirib borish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, ushbu bo’lim inspektori A.Xudoyberganov o’z ma’ruzasida yong’in xavfsizligini ta’minlash borasidagi maqsad va vazifalar hamda shahar va OKMK korxonalarida yong’in holatlarini oldini olish yuzasidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga alohida to’xtaldi. So’nggi 10 yil davomida Olmaliq shahrida yong’inlar yuz berishi 2 barobarga kamayganini bildirdi.

OKMKning 2017-2018 yillarda zamonaviy rivojlantirish asosidagi istiqbolli vazifalari, kombinat bo’linmalarida yong’in xavfsizligini ta’minlash, Olmaliq shahri va Ohangaron rayoni yong’in xavfsizligi jamiyati tomonidan 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha Fuqaro muhofazasi boshlig’ining yong’in xavfsizligi bo’yicha o’rinbosari Rahmatillo Qurbonov, Olmaliq shahar va Ohangaron tumani yong’in xavfsizligi jamiyati boshlig’i o’rinbosari A.Shokirovlar ma’lumotlar berishib, bugungi kunda is gazidan zaharlanish ortib borayotgani, bunday holatlarda qanday harakatlanish, qanday choralar ko’rish to’g’risida yo’l-yo’riqlar berib o’tdilar. Seminar so’nggida olovlar bilan bog’liq, shuningdek, yong’inlar bilan kurashish aks ettirilgan viderolik namoyish etildi. Ko’rgazmali seminarning yakuniy qismida yakuniy natijalar tahlil qilinib, alohida namuna ko’rsatgan xodimlar taqdirlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech