Tadbirlar

Armiya va  xalq yakdil

on .

Ma’lumki, Milliy Armiyamiz tashkil etilganligining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kunini keng nishonlash maqsadida 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvargacha yurtimizda “Vatanparvarlik oyligi” keng miqyosda o’tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida shahrimizdagi Zarbuloq, Chambil mahallasi faollari va yoshlari bilan 10-umumta’lim maktabida tashkillashtirilgan tadbir muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbirni ochar ekan Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i Fayoz Sirochev, Milliy Armiyamiz mamlakatimiz xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, tinch va osoyishta hayotimizning qalqoni bo’lib shakllangani va xalq hamda qurolli kuchlar o’rtasidagi ishonch, yakdillik tobora mustahkamlanib borayotganini bildirdi.

Joriy yildagi bayram tadbirlari “Vatan - muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir” shiori ostida o’tkazilib, Milliy Armiyamizga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bosh maqsad qilib olingani bilan diqqatga molikdir. Harbiy vatanparvarlik oyligi davomida shahrimizdagi 43 ta mahallalar va maktablarda harbiy xizmatchilar, iste’fodagi harbiy ofitserlar bilan uchrashuvlar hamda sport ko’pkurash musobaqalari tashkillashtirilmoqda. Zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalarning amaliy namoyishi bilan oylik yakunlanishi mamlakatimizda olib borilayotgan harbiy islohotlarning oshkoraligidan dalolat beradi. Joylarda o’tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda aholini qiziqtirgan savollarga ham harbiy xizmatchilar, mutaxassislar tomonidan batafsil javob berilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech