http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Festival g’oliblari taqdirlanishdi

on .

26 yanvar kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Kamalak” yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining Toshkent viloyati bosqichi bo’lib o’tgan edi.

Festivalning “D” - milliy raqs, ball hamda zamonaviy raqslar yo’nalishida madaniyat saroyining “Edelveys” va “Kaleydoskop” xalq raqslari ansambli o’rta guruhlari hamda “Raduga” xalq sirk jamoalari ishtirok etishdi.

Festivalning “C” - Xalq cholg’ulari: plektorli, kamonli, damli va zarbli cholg’u asboblari yo’nalishida “Zarb” doirachilar ansambli, shuningdek, “B” - Vokal yo’nalishida “Tarona” na’munali bolalar vokal guruhi ishtirokchisi Dilnoza Abulqosimovalar o’z mahoratlarini namoyish etdilar.

9 fevral kuni “Metallurg” madaniyat saroyining katta zalida Olmaliq shahar hokimi shahrimiz yoshlari bilan ochiq muloqot o’tkazdi hamda “Kamalak yulduzlari - 2019” bolalar festivali g’oliblarini taqdirladi. Tadbirda “Raduga” xalq sirk jamoasi, “Kaleydoskop” xalq raqslari ansambliga festivaldagi namunali ishtiroki uchun Faxriy yorliq topshirildi. “Edelveys” xalq raqs ansamblining o’rta guruhi va “Zarb” doirachilar ansambli esa Festivalning g’olibi sifatida e’tirof etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech