http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ayolga ehtirom, ayolga ta’zim!

on .

7 mart kuni muhtasham “Metallurg” madaniyat saroyi har kungidan fayzli, har kungidan o’zgacha tusda yanada ko’rkamlashdi.

Kombinatning 600 nafarga yaqin mehnatkash xotin-qizlari bayram shodiyonalariga tashrif buyurdilar. Shodiyonalar avvalida “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.Xursanov kombinat ayollarini ayyom bilan qutlab, eng faol, eng fidoyi, ishlab chiqarishda ibratli bo’lgan xotin-qizlarning bir guruhiga II va III darajali “Konchilik sharafi” ko’krak nishonini va Faxriy yorliqlarni tantanali ravishda topshirdi.

Shundan so’ng, madaniyat saroyining ijodiy jamoalari tomonidan maxsus tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Ushbu betakror konsert dasturida xalqimizning sevimli xonandasi Botir Qodirov va estrada yulduzlari Farhod va Shirinlarning diltortar qo’shiqlari onalarimiz, opa-singillarimiz uchun o’ziga xos ayyom sovg’asi bo’ldi. Ayniqsa, kombinat rahbarlari tomonidan katta ekran orqali yo’llangan tabrik, shuningdek, “Sen muqaddassan, Ayol” qo’shig’ining jonli ijrolari shodiyonalar zavqini yanada oshirdi.

Serjilo qo’shiqlarga maroq ila raqsga tushgan kombinat ayollari uchun shu kungi bayram o’zgacha tarovatli, o’zgacha shukuhli kechdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech