http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

“Olmaliq KMK” AJ kutubxonasi yangi o’zbek va jahon adabiyoti to’plamlari bilan boyidi

on .

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi 1271-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Navro’z ayyomi arafasida “Metallurg” MSda madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda O’zbekiston xalq yozuvchisi, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi” kabi dunyoga mashhur romanlar muallifi Xudoyberdi To’xtaboyev, “Baron”, “Yig’lamagin”, “Sevginator”, “O’zimdan o’zimgacha”, “Kelgindi kelin”, “Kelgindi kuyov”, “Aka” kabi kinofilmlar ssenariy muallifi ssenariynavis, kinorejissyor Shoira G’iyosova, “Maftuningman” estrada guruhi xonandalari, xalqaro tanlovlar g’oliblari Islom Umrzoqov, Ergash Hojiyev, Aysanem Yusupovalar ishtirok etishdi.

Mazkur ijodiy kechada Xudoyberdi To’xtaboyevning “Bor ekanda, yo’q ekan...” nomli yangi kitobi taqdimoti ham bo’lib o’tdi. Mehmonlar bilan samimiy ochiq muloqot uzoq davom etdi. Uchrashuvga tashrif buyurgan kombinat mehnat jamoasining har bir ishtirokchisiga “Dono nashriyoti”ning  esdalik sovg’alari topshirildi. Kechada bilimlar sinovi ham bo’lib o’tib, turli mavzularga oid viktorinalar o’tkazildi. G’oliblarga milliy hamda jahon adabiyotining eng sara namunalari tuhfa etildi. Shuningdek, tadbirda ota-onalar o’z o’g’il-qizlarining tafakkurini yanada oshirish uchun xizamt qiladigan o’zbek tilidagi “Bilimdon”, “Dono word”, rus tilidagi “Znayka”  va ingliz tilida yagonga hisoblangan “Excellent” jurnallari haqida yana bir bor tasavvurga ega bo’ldilar.

Ushbu madaniy-ma’rifiy kecha tadbir ishtirokchilarida bir olam taassurot qoldirdi.

“Dono nashriyoti” MCHJ tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati kutubxonasiga 20 million so’mlik eng sara o’zbek va jahon adabiyoti, bolalar adabiyoti kabi durdona kitoblar to’plami tantanali ravishda topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech