http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Navro’z shodiyonalarining bir qismi  «Zafar» to’yxonasiga ko’chdi...

on .

Bugun tushda “Zafar” to’yxonasi ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti ishtirokchilari, o’zining munosib mehnati bilan vatanimiz rivojiga ulush qo’shgan fidoiy faxriylarimiz, nuroniylar bilan yanada fayzlashdi. Otaxon-u onaxonlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Kasaba uyushmasi tomonidan to’kin Navro’z  dasturxoniga taklif etildilar.

Nuroniylarni Olmaliq shahar hokimi O’. Karimov va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi A. Xursanovlar Navro’zi olam bilan samimiy qutlashdi.

Shundan so’ng kombinat rahbari Navro’z tantanalarini o’tkazishda eng faol bo’lgan qator korxonalarga nominatsiyalar bo’yicha mukofotlar topshirdi.

Ma’lumki, Olmaliq kon-metalurgiya kombinati terma jamoasidan tashkil topgan “SMAK” QVZchilar komandasi Navro’z bayrami arafasida Respublika chempioni bo’lgan edi. Tadbirda kombinat boshqaruvi raisi A. Xursanov kombinat va Kasaba uyushmasi kengashining sovg’asi - jamoa a’zolarining har biriga 500 ming so’mdan pul mukofoti va jamoaga noutbuk sovg’a qildi.

Ushbu tadbir kuy-qo’shiqlarga ulandi.

Nuroniylar dorilomon kunlarga shukronalar aytib, to’kin dasturxon atrofida yurtdagi ulkan bunyodkorliklar, shahar va kombinatda olib borilayotgan xayrli o’zgarishlar haqida dildan suhbatlashdilar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech