http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Xoldor - kombinatning eng yaxshi yosh metallurgi

on .

“Olmaliq KMK” AJ O’quv markazida kombinatda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar o’rtasida “Yosh metallurg” tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda Mis eritish, Rux, Angren quvur va Markaziy ta’mirlash mexanika zavodlarining yosh mutaxassislari o’z kasb mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi.

Tanlovning birinchi bosqichida ishtirokchilar metallurgiya sohasiga oid 5 ta nazariy savolga javob izlagan bo’lishsa, ikkinchi bosqichda ular ishlab chiqarishda yuzaga keladigan vaziyatda metallurg qanday yo’l tutishini amaliy jihatdan ko’rsatib berishdi. Tanlovda xalqaro ekspert sifatida SFI Management Group xorij kompaniyasi maslahatchisi, Akademik, texnika fanlari doktori Serik Sodiqovning qatnashganini alohida ta’kidlash joiz.

Natijalarga ko’ra, Rux zavodi vakili Xoldor Haydaraliyev kombinatning eng yaxshi yosh metallurgi nomiga munosib ko’rildi. Tanlovning ikkincha o’riniga esa Angren quvur zavodi erituvchisi Shonazar Xamrayev sazovor bo’ldi. Uchinchi o’rin Mis eritish zavodi erituvchisi Sherzod Sotiboldiyevga nasib etdi.

Ushbu tanlov yosh mutaxassislarga kasb mahoratlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech