http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Yoshlar mas’uliyatni unutmang!

on .

“Rahbar va yoshlar” dasturi doirasidagi navbatdagi uchrashuv “Olmaliq KMK” AJ Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi yoshlari bilan bo’lib o’tdi.

14 mart kuni o’tkazilgan uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Unda OKMK boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Behzod Salimov, STTB boshlig’i Bunyod Qurbonovlar ishtirok etishdi.

Jamoamiz kombinat miqyosida oladigan bo’lsak, eng yosh jamoa hisoblanadi, - deydi B.Qurbonov. - Hozirda jamoamiz ishchi-xodimlarining o’rtacha yoshi kombinat bo’yicha 37ni tashkil etadi. Yoshlarimizga har doim e’tibor qaratib, g’amxo’rlik ko’rsatib kelayapmiz. Buning natijasida ular korxonamiz sha’nini har jabhada munosib himoya etishayapti. Uzoqqa bormaylik, yaqinda kombinat korxonalari o’rtasida o’tkazilgan “Shunqorlar” sport musobaqasida yigitlarimiz birinchi o’rinni egallashdi. Har yili safimizga 120-130 nafardan yigit-qizlar kasb-hunar kollejlarini tamomlab, qo’shilishmoqda. Yoshlarga tilagim, o’qishdan, izlanishdan to’xtamaslik kerak. Ish joyining qadriga yetishsin. Sovuqqonlik, loqaydlikni yo’qotish kerak. Ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan baxtsiz hodisalarni tahlil etar ekanmiz, aksariyat nohush holatlar yoshlar bilan bog’liq ekanligi achinarli. Oddiy kasb yo’riqnomasini yaxshi bilmaslik natijasida mana shunday ko’ngilsiz hodisalar ro’y bermoqda. Vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamay, kasbingizni mukammal egallang.

- Bugungi kunda STTBda 2358 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi, - deydi STTB yoshlar ittifoqi raisi Zafariddin Isliddinov. - Ularning 168 nafari bakalavr, 105 nafari magistr darajasiga ega. 1143 nafari esa 30 yoshgacha bo’lgan mutaxassislardir. Shunda umumiy oladigan bo’lsak, jamoaning 48 foizni yoshlar tashkil etmoqda. Yoshlarimiz berilayotgan e’tibor va g’amxo’rliklardan maqsadli foydalangan holda turli ko’rik-tanlovlar va sport musobaqlarida sovrinli o’rinlarni egallayaptilar.

Uzoq yillardan buyon yoshlarga kasb sir-asrorlarini o’rgatib kelayotgan mashinist-yo’riqchi Ilyos Kazanov ham tadbir davomida so’z olib, shunday dedi: - O’z kasbiga qiziqmagan ba’zi yoshlarni ko’rib, afsuslanaman. Bir kasbni tanladingizmi, uni seving. Yurakdan ishlashga harakat qiling. Har qanday ko’ngilsizliklarga uchramaslik uchun bilim oling. Bizda ko’p qo’llaniladigan havo taqsimlagich uskunasini ham oddiy mashinist Kazansev ixtiro qilganini bilasizmi? G’oya bering, g’oyangizni amalga oshirish uchun faqat va faqat oldinga intiling.

Tadbir mobaynida yoshlar tomonidan shahrimizda ingliz tilini o’rgatadigan o’quv markazlarini ochish, korxonada mehnat qilayotgan yoshlarga sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratish kabi takliflar bildirildi. Shuningdek, yoshlar kredit asosida uy-joylarni berish tartibi, ishchilarning oliy o’quv yurtida o’qish qoidalari to’g’risidagi savollariga mutasaddilardan batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech