http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Temiryo’lchilar maktab-internatda

on .

“Olmaliq KMK” AJ Sanoat temiryo’l boshqarmasi o’z faoliyatining 65 yili davomida nafaqat yirik transport korxonasiga, balki shahrimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutuvchi korxonaga aylandi.

Ayniqsa, kombinat temiryo’lchilarining shahrimiz ta’lim, madaniyat muassasalari bilan o’zaro hamkorligi yildan yilga yangi mazmun kasb etib bormoqda. 80-son ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internati tarbiyalanuvchilari STTBning homiylik yordamini amalda ko’rib keladi. Navro’z umumxalq bayrami arafasida temiryo’lchilar tomonidan bilim muassasasida ayyom madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkillashtirildi.

Temiryo’lchi yoshlar va maktab-internati tarbiyalanuvchilari tomonidan rango-rang  konsert dasturi Navro’z tantanasi mehmonlariga taqdim etildi. STTB Energetika bo’limi boshlig’i o’rinbosari O’rolboy Boybutov boshchiligida tashkiliy ishlar yuqori saviyada olib borildi. 4-TYTS o’tkazish navbatchisi Xayrulla Topilov tomonidan tayyorlangan palov bolajonlarning bayram dasturxoniga tortildi.  Turli shirinliklar, bahor taomlari, chanqovbosdi ichimlik, sharbatlar bilan bezatilgan dasturxon maktab tarbiyalanuvchilariga manzur bo’ldi.

STTB boshlig’i Bunyod Qurbonov maktab-internati o’quvchilari tomonidan qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni yuqori baholab, bilim dargohida amalga oshirilishim rejalangan homiylik yordamlariga to’xtalib o’tdi. Bahorni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar va sahna ko’rinishlari barchaga manzur bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech