http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Do’stlik g’alaba qozondi 

on .

Sir emaski, bu yilgi Navro’z ayyomi yurtimizda har yilgidan o’zgacha tarovat va fayz bilan nishonlandi. Ayniqsa, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” mehnat ahli ayyomni katta tadorik bilan qarshi oldi. Bayram arafasida ishlab chiqarish korxonalarida ko’klam dasturxonlari yozilib, Navro’zi olam shodu hurramlikda tantana qilindi.

Xususan, kombinat Avtomobil transporti boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan ayyom tadbiri ko’tarinkilikda bo’lib o’tdi. Unga barcha avtokorxona jamoalari bilan bir qatorda nafaqadagi faxriylar ham taklif etildi. Tadbirdan joy olgan “Mohir pazanda” tanlovida jamoalarning ishtirokchi qizlari mahoratlari bahor taomlari bilan bezatilgan bayram dasturxonlarida aks etdi. Shuningdek, avtokorxonalar tomonidan qo’l mehnati bilan chizilgan bayram devoriy gazetalari ham namoyish etilib, har ikki tanlovda do’stlik g’alaba qozondi.

Tadbirda so’zga chiqqan ATB boshlig’i Sobir Alimov hamda OKMK AJ Transport va logistika bo’limi boshlig’i Umar Mavlyankulovlar barchani Navro’zi ayyom bilan qutlagan holda o’zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech