http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Biz Temur avlodimiz

on .

Xabaringiz bor, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov “Rahbardan 10 kitob” aktsiyasi doirasida Olmaliq shahar 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga 50 dona eng sara turli adabiyotlarni sovg’a qilgan edi.

Ushbu tashrif chog’ida kombinat boshqaruvi raisi maktab-internat rahbariyatiga o’quvchilarni “Metallurg” madaniyat saroyida o’z ko’rgazmalari hamda konsert dasturlarini o’tkazishi tashabbusini bildirgan edi. Aynan Abdulla Xursanovning tashabbusiga ko’ra, 9 aprel kuni buyuk bobomiz, sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tomonidan “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida “Biz Temur avlodimiz”,  deb nomlangan ko’rgazma va konsert dasturi tashkil etildi.

Respublikamiz umumta’lim maktablari o’rtasida bo’lib o’tayotgan mehnat fani oyligi doirasida o’tkazilgan ko’rgazmada maktab-internat o’quvchilari tayyorlagan xalq amaliy san’ati, qo’l mehnati namunalari, pazandachilik mahsulotlari namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida maktab-internat tarbiyalanuvchilari tomonidan tashkillashtirilgan konsert dasturi bo’lib o’tdi. Unda o’quvchilar “Buyuk Amir Temurning tug’ilishi” nomli sahna ko’rinishini tomoshabinlar hukmiga havola etishdi.  Sahna ko’rinishini maktab-internatning ona tili va adabiyoti o’qituvchilari Yanglishoy Musurmonqulova, Gavhar Tanjarova, Shahlo Madaliyeva, raqslarni esa xoreograf Nilufar Ermatova va raqs to’garagi rahbari Dilobar Suvonovalar ijro etishdi. Vatanni tarannum etuvchi qo’shiqlar doktil (qo’l harakatlari) usulida kuylandi va turli raqslar zo’r mahorat bilan ijro etildi.

Tadbirda so’z olgan Olmaliq shahar hokimining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Sohib Ahmedov va ta’lim muassasasi direktori Asqar Mamatqulovlar bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o’tkazishda o’z yordamlarini ayamagan “Olmaliq KMK”  AJ rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan mamlakatimiz yoshlariga yanada katta e’tibor qaratish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish borasidagi 5 ta muhim tashabbus ijrosining amaldagi ifodasi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech