Tadbirlar

“Mening huquqim”

on .

Kombinat Avtomobil transporti boshqarmasi yosh ishchi-xodimlari va mutaxassislari bilan o’tkazilgan ana shu mavzudagi davra suhbatida yosh avlodning, shu jumladan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi.

Mehnatkashlarning hayoti va sog’ligini saqlash, yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va ahloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish, iqtidorli yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni shakllantirish, aholining, xususan, yoshlarni doimiy ishga joylashtirish va bandligini ta’minlash kabi muhim ijtimoiy vazifalardan kelib chiqqan holda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida Kengash huquqshunosi M.Mavlonov keng to’xtalib o’tdi.

Yosh avlodni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg’usi, bag’rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo’lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash borasida ATB Yoshlar ittifoqi oldida turgan vazifalar ham davra suhbati davomida qizg’in muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirda ishchi-xodimlar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javob olishdi va boshqarma avtokorxonalarida tashkillashtirib kelingan turli tadbirlarda eng faol ishtirok etganlarga kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan tuhfa etilgan kitoblar sovg’a qilindi. Mustaqillik yillarida jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarimizning zamonaviy bilim hamda kasb sohibi bo’lishi, jamiyatimiz hayotida munosib o’rin egallashi uchun qulay sharoit yaratilgani ta’kidlab o’tilgan holda kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan muhim vazifalar belgilab olindi. Bu kabi tadbirlar ishchi-xodimlarga o’z haq-huquqlarini yanada yaxshiroq bilishlari uchun asos bo’ladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech