http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Eng yaxshi amaliyotchi aniqlandi

on .

Nazariy o’quvlar davrida olingan bilimlarni chuqurlashtirish, tanlagan sohasi bo’yicha o’quvchilarning ko’nikma va tajribalarini mustahkamlash maqsadida o’tkaziladigan o’quv, ishlab chiqarish, diplom ishioldi amaliyotlari nafaqat bo’lg’usi ishchi-xodimlar, balki korxonalar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada to’plangan tajribalarni yanada takomillashtirish, yangi asoslarga yo’naltirish, korxona va kasb-hunar kolleji o’rtasidagi amaliyot borasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida kuni kecha “Olmaliq KMK” AJning eng yaxshi o’quv amaliyoti o’quvchisi” ko’rik-tanlovi kombinat O’quv markazi tomonidan o’tkazildi. OKMK korxonalarida o’quv amaliyotini o’tayotgan kasb-hunar kollejlarining 2-bosqich o’quvchilari mazkur tanlovning uchta bosqichida ishtirok etishdi. Yakuniy bosqichda 8 nafar talaba-yoshlar “Tashrif qog’ozi” va “Shon-sharaf lahzalari” shartlarida o’z bilim va iste’dodlarini namoyon qildilar. Tanlovning final bosqichigacha yetib kelgan sakkiz nafar amaliyotchilar o’rtasida g’oliblikni Yangi texnologiyalar laboratoriyasida amaliyot o’tayotgan Noila Ortiqova qo’lga kiritdi. G’oliblarga kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining sovg’a va diplomlari topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech