http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Noila - kombinat go’zali

on .

12 aprel kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq KMK” AJ korxonalari, sex va bo’limlariaro saralash bosqichidan o’tgan MBF, MEZ, MTMZ, ATB, STTB, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Rux zavodi, MAL, IOB jamoalarining faol va zukko qizlari “Kombinat go’zali-2019” ko’rik-tanlovining final bosqichida bellashdilar.

Tanlov ishtirokchilari dastlab, “Sehrli qo’llar” shartida ayollar kundalik turmushida eng kerakli bo’lgan tikuvchilik bo’yicha o’z mahoratlarini sinovdan o’tkazishdi. Har bir ishtirokchi belgilangan ma’lum bir vaqtda o’ziga topshirilgan buyurtmani tikib berishi kerak bo’ldi. Tanlovning “Raqs san’ati” shartida qizlar “Metallurg” MS xoreograflari ko’magi bilan o’rgangan raqslarini ijro etishdi. Bu shartda ular har bir millatning milliy raqslarini ajoyib tarzda namoyish qilishdi.

Har bir qiz albatta, mohir pazanda bo’lishi, har xil taom va pishiriqlarni tayyorlay olishi lozimligi sir emas. “Pazanda begoyim” shartiga ko’ra, ishtirokchi qizlar belgilangan vaqtda salat tayyorlab berishi kerak bo’ldi. “Ibratli dunyo” shartida esa bugungi kunda dolzarb bo’lgan qaynona-kelin munosabatlari, Vatan, erta turmush, ota-onaning qadri kabi mavzularda har bir kishini mushohadaga chorlovchi sahna ko’rinishlarini zo’r mahorat bilan namoyish etishdi.

Tanlovning yakuniy shartlariga ko’ra, faxrli uchinchi o’rinni Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi vakilasi Nozimaxon Nuraliyeva egalladi. Markaziy tahlil laboratoriyasi ishchisi Yulduz Xojiyeva esa ikkinchi o’ringa loyiq topildi. Barcha shartlarni a’lo darajada uddalagan Mis eritish zavodi vakilasi Noila Toshqulova tanlovning mutlaq g’olibi bo’ldi.

G’oliblar “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech