http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

YOXB xodimlari bojxona postida

on .

Olmaliq shahar Yong’in xavfsizligi bo’limi xodimlari tomonidan o’tkazilgan navbatdagi Yong’inlar profilaktikasi kuni tadbirlari samarali bo’lmoqda. Tadbirlar davomida korxona, tashkilot, o’quv va davolash muassasalari, aholi turar joylari va ko’p qavatli uylardagi xonadonlarning yong’inga qarshi holati ko’zdan kechirildi.

Aholi o’rtasida yong’in xavfsizligi qoidalarini targ’ib qilish maqsadida joylarda uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazildi. Shuningdek, yashash uylarida yong’inlarning oldini olish borasida alohida profilaktika tadbirlari tashkil etildi. Buning samarasida turar joylarda aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi Olmaliq shahar Bojxona postida o’tkazildi. Uchrashuvda yong’inlarni oldini olish bo’yicha bojxona xodimlariga qo’shimcha yo’riqnomalar berilib, yong’in sodir bo’lganda harakat qilish qoidalari hamda birlamchi yong’in o’chirish vositalarini ishlatish qoidalari bo’yicha yana bir bor tushunchalar berib o’tildi. Tadbir so’nggida Bojxona xodimlarini qiziqtirgan savollari bo’yicha javoblar berildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech