Tadbirlar

Saralash bosqichlari davom etadi

on .

Bugungi kunda yoshlarning har tomonlama iste’dodini namoyon qilish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida turli tanlovlar o’tkazilmoqda. Shu jumladan, 22-23 aprel kunlari “Metallurg” madaniyat saroyida Quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovining navbatdagi saralash bosqichi bo’lib o’tdi.

22 aprel kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodining “Community”, Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasining “Grief style”, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “Kosmonavtlar”, Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasining “O’zgacha uslub” jamoalari o’zaro bellashishdi. Tanlovning navbatdagi bosqichiga “Community”, “Grief style” jamoalari yo’l olishdi.

23 aprel kuni o’tkazilgan tanlovda Angren kon boshqarmasining “Antiqa” va  “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining “Quruvchi” jamoalari keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritishdi.

Munira GUZAROVA,

MTMZ ishchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech