http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Eng yaxshi portlatuvchilar aniqlandi

on .

Ixtisoslashgan kasblar orasida alohida mahorat va yuqori bilimni talab qiladigan kasblar sirasiga portlatuvchi kasbi birinchi o’rinda kiritiladi.

Mazkur kasb bo’yicha faoliyat yuritishga faqat yuqori malaka va boy tajribaga ega ishchi-xodimlar qo’yiladi.

Fizika va kimyo fanlari bo’yicha chuqur bilim, ish qurollari bilan omilkorona muloqot qilish, o’lchamlarni aniq olish kabi xususiyatlar ushbu kasbda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zaryadlarni to’g’ri joylashtirish, portlatilgan jinslar traektoriyalarini aniq hisobga olish, portlatish jarayonlarida xavfsizlik talablarini to’liq va qat’iy bajarish portlatuvchilar ish ko’rsatkichlarini belgilovchi muhim omillar hisoblanadi. 28 aprel - Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuniga bag’ishlab Kovuldi koni portlatuvchilari o’rtasida o’tkazilgan kasb mahorati tanlovida aynan ana shu jihatlarga alohida ahamiyat qaratildi. Kon kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan tanlovda 10 nafar portlatuvchilar g’oliblik uchun kurash olib borishdi. Tanlovning nazariy bilimlar va amaliy ishlar bosqichlarida yaxshi natijalarni qayd etgan ishchilar orasidan g’olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Yer osti uchastkasi portlatuvchisi Akrom Safarovning to’plagan ballari uni uchinchi o’rin sohibi bo’lishini ta’minladi. Uning jamoadosh hamkasbi Abduhamid Kamolov faxrli ikkinchi o’ringa munosib ko’rildi. Kovuldi konining eng yaxshi portlatuvchisi tanlovi g’olibligini Abdusaid Abduvohidov qo’lga kiritdi. G’oliblar OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining diplom va sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Anorboy Yusupov,

Kovuldi koni kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech