http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Barchasi farzandlarimiz uchun

on .

26 aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari hamshiralari uchun seminar tashkil etildi.

Olmaliq shahar davlat sanitar-epidemiologik markazi hamda Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi shifokorlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda MTMlarda to’g’ri ovqatlanishni tashkil etish va bolalar muassasalarida yuqumli kasalliklarning profilaktikasi kabi masalalar muhokama qilindi.

Seminarda sanitar qoidalar va normativlar davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan dezinfeksion rejimga rioya qilish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, 20-26 aprel kunlari MTM lar tarbiyachilari va bolalar o’rtasida “MTM xodimlari va bolalarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi”, “MTM binolarini saqlashning sanitar talablari”, “Bolalarda meningit, qizilcha, qizamiq, tepki, o’tkir oshqozon-ichak kasalliklari kabi kasalliklar bo’yicha profilaktika” mavzularida davra suhbatlari va mashg’ulotlar o’tkazildi. Mavzu bo’yicha ota-onalar uchun ma’lumotlar yig’ma jildlari va stendlar tayyorlandi. IOB shifokorlari L.Ivshina va D.Qayumovalar tomonidan bir qator tavsiyalar berib o’tildi. Bahor-yoz fasllarida bola organizmini chiniqtirish, kamqonlik va boshqa kasalliklar bo’yicha dispanser hisobida turadigan bolalarni sog’lomlashtirish kabilar shular jumlasidandir. Shifokorlar MTMlarning tibbiy xodimlari bilan hamkorlikda bog’chalar oshxonalarida ishni to’g’ri tashkil etishga taaluqli va kichik texnik xodimlar ishlari masalalarini muhokama qilishdi.

May oyida IOB MTMlarida bog’cha tarbiyalanuvchilari uchun shaxsiy gigiena qoidalarini o’rgatish bo’yicha ochiq mashg’ulotlar o’tkazish, Olmaliq shahar DSENM xodimlari bilan birga likda bog’cha bola larining to’g’ri ovqatlanishlarini tashkil etish va nazorat qilish vazifalari belgilandi.

Ushbu tadbirni o’tkazishdan asosiy ko’zlangan maqsad bog’chalarga borayotgan kombinat ishchi-xodimlarining farzandlarini sog’lom va to’laqonli rivojlanishlarini ta’minlashdan iboratdir.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech