Tadbirlar

Faol yoshlarga kitoblar taqdim etildi

on .

Kombinat Avtomobil transporti boshqarmasi va Markaziy tahlil laboratoriyasi kasaba uyushmasi qo’mitalari hamkorligida ishchi-xodimlar va yoshlar bilan ma’rifiy-targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg’usi, bag’rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo’lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega bo’lgan ruhda tarbiyalash ijtimoiy hayotning ajralmas bir qismi bo’lib kelgan. Umid ertamiz bo’lgan yoshlarimizni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo’ravonlik va shafqatsizlik g’oyalaridan himoya qilish masalalari kasaba uyushmasi tashkilotlarining doimiy diqqat markazidadir.

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi a’zosi, fuqaro muhofazasi otryadi boshlig’i o’rinbosari Rahmatillo Qurbonov tomonidan tadbirda taqdim etilgan ma’ruzada aynan ana shu jihatlarga alohida urg’u berildi. Ma’rifiy-targ’ibot tadbiri davomida faol ishtirok etgan yoshlarga atoqli yozuvchilarning kitoblari taqdim etildi. O’z navbatida ATB va MTL yoshlari bugungi globallashuv davrida axborot mahsulotlaridan g’arazli maqsadlarda foydalanayotgan kuchlarga qarshi kurashish, xalqimizning mentalitetiga yot bo’lgan, oilaviy qadriyatlarni toptaydigan, uni zaiflashtiradigan maqsadlarga qaratilgan har qanday axborotlar tarqatilishini cheklash, transmilliy xavflar - terrorizm, diniy ekstremizm va narkobiznes, odam savdosiga qarshi kurashda yakdil ekanliklarini bildirib o’tishdi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech