Tadbirlar

Faxriylarga zar to’nlar kiydirildi

on .

Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha jabhalarida mehnatkashlar o’z kasb bayramlari - konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini katta tayyorgarliklar bilan qarshi olishmoqda.

O’z korxonalarida yozilgan ayyom dasturxonlari atrofiga jamuljam bo’lgan konchi-metallurglar halol, fidokorona mehnatlaridan mamnunlikda ishlab chiqarish, bunyodkorlik va iqtisodiy yuksalishlar yo’lidagi o’ziga xos mehnat muvaffaqiyatlari bilan ushbu kunni shodu hurramlikda tantana qilmoqdalar.

Kon qazib olish va tog’ jinslarini olib chiqish rejalari yil boshidan beri uzluksiz bajarilishi ta’minlanib kelinayotgani Qalmoqqir kon boshqarmasi konchilarini konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini ko’tarinki kayfiyatda, to’kin bayram dasturxoni atrofida kutib olishlariga xizmat qildi. Ayyomda OKMK bosh muhandisining kon ishlari bo’yicha o’rinbosari U.Orudjov barcha konchilarni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va “SFI Management Group” kompaniyasi nomidan qutlar ekan, konchilikdek mas’uliyatli va sharafli ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Qalmoqqir KB direktori M.Isakov ham barcha hamkasblarini tabriklab, so’nggi oy mobaynida yosh mutaxassislararo bo’lib o’tgan “Eng yaxshi ekskavator mashinisti” kasb mahorati tanlovi g’oliblariga diplom va qimmatbaho sovg’alarni topshirdi. Shuningdek, konda uzoq yillar samarali mehnat qilib kelayotgan faxriylar tog’-kon mashinalarini ta’mirlash bo’yicha usta V.Prixodko va kon boshqarmasi bosh geologi V.Gornovlarga bayram va faxriylikka chiqishlari munosabati bilan zar to’n kiydirildi.

Bayram tadbirida “Metallurg” MS ijodiy dastalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga birdek manzur bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech