Tadbirlar

Korxonada olovli ishlardan yong’in chiqmasligi uchun...

on .

- Olovga oid ishlarni o’tkazish joylari yong’in o’chirish vositalari bilan ta’minlanishi kerak;

- sex boshlig’i olovga oid ishlarni tayyorlash va o’tkazishga mas’ul shaxs bilan zonaning xavfliligini aniq aniqlashi va uni ogohlantirish belgilari, yozuvlari, dastlabki yong’in o’chirish vositalari bilan belgilashi kerak;

- olovga oid ishlarni o’tkazishga ish joyida yong’in xavfsizligi choralari to’g’risidagi yo’riqnomani o’tgan, malaka guvohnomasiga va unga ilova qilingan texnika va yong’in xavfsizligi taloniga ega bo’lgan mutaxassislar ruxsat etiladi;

- korxonalarning hududlari va xonalarida olovga oid ishlarni, shu jumladan, avariya holatlarida ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan o’tkazish man etiladi;

- olovga oid ishlarni o’tkazishga mas’ul shaxs ishlar amalga oshirilayotgan joyda doimo bo’lishi, yonida ruxsatnoma bo’lishi, bajaruvchilarning ishini nazorat qilishi kerak;

- olovga oid ishlarni o’tkazadigan joy ko’rsatilgan radiusda payvandlash nuqtasi pol yoki tutashgan hudud sathidan balandlikda joylashishini hisobga olgan holda tozalanishi zarur;

- olovga oid ishlar o’tkaziladigan joylarda olovga oid ishlarni o’tkazish bilan band bo’lmagan shaxslarning bo’lishi man etiladi;    

- har bir olovga oid doimiy ishlarni o’tkazish joylari o’t o’chirishning birlamchi vositalari va yong’in xavfsizligi choralari to’g’risidagi yo’riqnomalar bilan ta’minlangan bo’lishi  kerak;

- olovga oid ishlarni o’tkazish joylari yong’in o’chirish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.

Olovga oid ta’mirlash ishlari o’tkazilganda quyidagilar man etiladi:

a) Nosoz apparatura yoki asboblar yordamida ishga kirishish;

b) yangi bo’yalgan konstruktsiyalar va buyumlarni quriguniga qadar payvandlash, kesish yoki ulash ishlarini amalga oshirish;

v) olovga oid ishlarni bajarganda moy, benzin, kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklar dog’lari bo’lgan kiyim va qo’lqoplardan foydalanish;

g) payvandlash kabinalarida kiyim, yonuvchi suyuqlik va boshqa yengil alangalanadigan moddalar hamda materiallarni saqlash;

e) o’quvchi va ishchilarni payvandlash va gaz alangali ishlar bo’yicha sinovdan o’tkazmasdan, yong’in xavfsizligi qoidalari bo’yicha bilimlarini oldindan tekshirmasdan ishga qo’yish;

d) suyuq, siqilgan va eritilgan gaz ballonlari, vakuum apparatlariga elektr simlarining tegib turishi;

j) yoqilg’i yoki toksik moddalar bilan to’ldirilgan, shuningdek, yonuvchi suyuqliklar, gaz, bug’, havo yoki elektr kuchlanish ostida bo’lgan apparat va kommunikatsiyalar ochiq olovi bilan qizdirish yoki payvandlash, kesish va ulash;

z) bug’ aralashmalari, gazlar va havodagi changlar portlashning kontsentrlangan chegarasiga yetganda;

i) qo’llashga tayyorlangan ta’mirlash asbobini olovga oid ishlarni bajarish joyida nazoratsiz qoldirish;

k) elektr yoki gaz bilan kesish demontaj ishlari bajarilayotganda asboblar, inshootlar va ularning elementlarini yerga tashlash (ularni sekin tushirish nazarga olingan bo’lishi kerak).

l) gaz o’tkazuvchi shlanglarni qayirish, sindirish yoki siqish, ishda nosoz, (izolyatsion lentalar yoki boshqa materiallar bilan o’ralgan) shuningdek, apparatga va reduktor gorelkalariga zich biriktirilmagan shlanglardan foydalanish;

m) yomon izolyatsiyali yoki kuygan, yetarli darajadagi payvandlash tokini o’tkazishni ta’minlamaydigan simlarni, qo’lbola elektrsaqlagichlarni qo’llash;

n) yerga ulanish tarmog’ini qarama-qarshi sim yoki binolar, kommunikatsiyalar va texnik uskunalarning metall konstruktsiyalarini nol sifatida ishlatish;

p) yonuvchi gazlar uchun mo’ljallangan shlanglarni kislorod bilan, kislorod uchun mo’ljallangan shlanglarni yonuvchi gaz bilan puflash, shlanglarni ish jarayonida almashtirish va uzunligi 30 m.dan ko’p bo’lmagan shlanglardan foydalanish. Montaj ishlarida uzunligi 40 m.dan ko’p bo’lmagan shlanglardan foydalanish ruxsat etiladi. Korxona bosh muhandisining ruxsati bilan ayrim hollarda 40 m.dan ortiq bo’lgan shlanglardan foydalanish ruxsat etiladi;

r) payvandlash agregatlari va apparatlarni payvandlovchilar tomonidan elektr tarmog’iga ulash va o’chirish, ko’rsatilgan ishlar faqat elektr payvandlovchilar tomonidan bajariladi;

s) payvandlash joyiga ballonlarni yelkada va qo’lda olib o’tish, shuningdek, ko’chma generatorlarni tozalash, qismlarga ajratish va yig’ish bevosita xonalarda;

t) kislorod bilan to’ldirilgan ballonlarning urilishi va qulashiga yo’l qo’yish;

u) payvandlash uskunalarini shu maqsad uchun maxsus mo’ljallanmagan xonalarda saqlash va olovga oid ishlarni o’tkazishga mas’ul shaxsning ruxsatisiz berish.

K.BEGBAEV,

“Ammofos-Maksam” AJ

FVB YoXB katta inspektori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech